Angliya: «Tottenhem» sardorining qizil kartoçkasi hal qildi
«Mançester Yunayted» – «Tottenhem»
Gollar: Mbemo, 38 (1:0). Brunu Fernandeş, 81 (2:0)
«Mançester Yunayted»: Lammens, Maguayr, Martines, Şou (Mazraviy, 87), Dalot, Kazemiro (Ugarte, 87), Maynu (Fletçer, 90+2), Brunu Fernandeş, Kunya (Şeşko, 75), Diallo, Mbemo (Zirkze, 87)
«Tottenhem Hotspur»: Vikario, Romero, van de Ven, Palinya (Bissuma, 80), Gallaher (Tel, 80), Sarr, Udoji (Souza, 55), Grey, Simons, Odober (Dreguşin, 32), Solanke (Kolo Muani, 80)
Ogohlantirişlar: Diallo, 45 – Udoji, 27. Palinya, 70
Çetlatiş: Romero, 29
Yaxşi formaga kirib olgan «MYu» (qatorasiga uç ğalaba) asosiy tarkibni özgartirmayapti. Kerrik yana Şeşkoni zaxira örindiğida qoldirdi, hujum markazida esa Kunya va Mbeumo almaşib harakat qilişdi. Ularning ikkinçisi himoyalanişda çap qanotni yopmoqda, töpga egalik qilinganida esa hujum vakillaridan istalgan biri oldinda oçilişi mumkin. Futbolçilarning bunday joylaşuvida «MYu» dastlabki 15 daqiqalikda «Tottenhem»dan yaxşiroq körindi va jamoada bir neça yaxşi hujumlar uyuştirildi.
Keyin esa «Tottenhem» ham oldinga ötdi va qaysidir daqiqalarda töp Lammens qöriqlayotgan darvoza atrofidan ketmay ham qoldi. Ammo öyin taqdirini Romero işlatgan fol hal qildi. «Tottenhem» sardori töpga öynaşga harakat qilib, butsasining ostki qismi bilan Kazemironing töpiq qismiga zarba berib yubordi. Öyin boş hakami Maykl Oliver şu zahoti çöntagidan qizil kartoçkani çiqardi.

VAR vaziyatga aralaşmadi, ammo barçasi yaqqol körinib turgandi: zarbadan keyin Kazemironing oyoği qayrilib ham ketgandi. Romero APLning bu mavsumida allaqaçon ikki qizil kartoçka olgan ilk futbolçiga aylandi. Argentinalik himoyaçi dekabrda «Liverpul»ga qarşi öyinda ikki sariq kartoçka olib, maydondan çetlatilgandi.
Bu epizoddan köp ötmay «MYu» hisobni oçdi. Bu gol burçak zarbasini oldindan rejalaştirgan holda ijro etiş orqali amalga oşirildi. Maynu darvozaning yaqin ustuni oldida turgança öziga kelgan töpni bir teginişda jarima maydoni markaziga yönaltirdi, u yerda böş turgan Mbeumo yerlatib aniq zarba yölladi. Bu «qizil iblislar» uçun joriy mavsumda burçak zarbalari orqali urilgan sakkizinçi golga aylandi.

Ikkinçi bölim «MYu» uçun juda qulay şaroitda keçdi. Mezbonlar yana bir neça bor darvozani işğol etişdi, ammo har safar kiçik ofsayd holatlari tufayli bu gollar bekor qilindi.
Bu orada «Tottenhem» navbatdagi zarbani qabul qildi – Udoji jiddiy jarohat olib, maydonni tark etdi. Öyindan oldin «şporlar» lazaretida şusiz ham 10 nafar futbolçi yotgandi, endi jamoa Romero va Udojidan ham ayrildi. Tomas Frank keyingi öyinga tarkib yiğişi ham qiyin böladi.
Mezbonlar şundan keyin uzoq masofalardan zarbalar yöllaşga kirişdi: Şou, Dalot va Fernandeş hisobni 2:0 körinişiga keltirişi mumkin edi, ammo Vikario har safar jamoasini qutqardi. Ikkinçi bölimda zarbalar soni böyiça körsatkiç 12:2 körinişiga yetdi.
Öyin oxirida Frank va-bankka qöl urib, ön kişi bölgan holda mağlubiyatdan qutulib qoliş uçun uçtalik almaştiriş amalga oşirdi va hujumga urğu qaratdi. Ammo bu iş bermadi – bu özgarişlardan ön daqiqa ötib Fernandeş Dalotning uzatmasidan keyin darvozani işğol etdi. Portugaliyalik yarimhimoyaçi sönggi ikki oyni juda kuçli ötkazmoqda: u sakkiz turda «gol+pas» böyiça 4+7 natijasini qayd etgan. U hozirda bir mavsumdagi assistlar soni böyiça APL rekordini örnatişni közlagan: hozirda undagi golli uzatmalar soni 12 tani taşkil etdi va bu borada rekordçi de Bryuynega (20) yetiş uçun qolgan 13 turda 8 assist amalga oşirişi kerak böladi.
Hozirça esa Fernandeş APLdagi golli harakatlari sonini 200 taga yetkaziş (104 gol va 94 assist) bilan çeklandi.
Bu ğalabadan keyin «MYu» kuçli törtlikdagi örnini mustahkamladi.

Endi seşanba oqşomida butun dunyodagi muxlislar e’tibori «MYu»ning «Vest Hem»ga qarşi safar öyiniga qaratiladi. Agar «Yunayted» bu öyinda qatorasiga beşinçi ğalabasiga erişadigan bölsa, jamoaning şu mavsumda maşhur bölib ketgan muxlisi (sevimli jamoasi qatorasiga beş ğalaba qayd etmaguniça soçini oldirmaslikka va’da bergan va qariyb 500 kundan buyon soçi ösib ketgan muxlis) nihoyat sartaroşga borişi mumkin böladi.
«Arsenal» – «Sanderlend» 3:0
Gollar: Subimendi, 42 (1:0). Yokereş, 66 (2:0). Yokereş, 90+3 (3:0)
«Arsenal»: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Kalafiori (Inkapiye, 67), Timber, Subimendi, Rays, Havers (Eze, 67), Trossar (Norgar, 89), Madueke (Martinelli, 60), Gabriel Jyezus (Yokereş, 60)
«Sanderlend»: Rufs, Ballard, Alderete, Mandava, Mukiyele, Diarra, Sadiki (Gertreyda, 71), Le Fe, Talbi (Mandl, 64), Hyum (Angulo, 85), Brobbi (Izidor, 85)
Ogohlantirişlar: Saliba, 26 – Diarra, 39. Brobbi, 40
Bu mavsumda bir neça bor grand raqiblardan oçko tortib olişga erişgan «Sanderlend» «Emireyts»dagi öyinning birinçi bölimida darvozasi daxlsizligini saqlab qolişga yaqin edi, ammo bölim oxirida «qora muşuklar» jamoasi öz jarima maydoniga qamalib oldi va mezbonlar bunga uzoq masofadan zarba yöllaş orqali çora topdi. Trossardan töpni qabul qilib olgan Subimendi jarima maydoni taşqarisidan butsasining taşqi qismi bilan yöllagan zarbasi orqali hisobni oçdi – zarba texnik jihatdan şu qadar mukammal bölib çiqdiki, töp darvozabonga heç qanday imkoniyat qoldirmasdan, ustun yonidan darvoza töriga kirdi.

Ispaniyalik yarimhimoyaçi öz golini jarohat tufayli mavsum oxiriga qadar safdan çiqqan jamoadoşi Merinoga bağişladi.
Ikkinçi bölimda esa mehmonlar himoyadan çiqişda xatoga yöl qöydi, töpni egallab olgan Trossar golli hujumni boşlab berdi va jarima maydoni yaqinidagi Haversni töp bilan ta’minladi, u esa jarima maydoni içida oçilgan Yokereşga golli uzatma berdi. Germaniyalik yarimhimoyaçi uzoq vaqt jarohatini davolab, safga qaytganidan keyingi qisqa muddatda 4 golli harakatni (2+2) amalga oşirdi, uning ikki pasi ham şvetsiyalik hujumçiga uzatilgan.
Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Yokereş dublni rasmiylaştirdi. Mavsumning birinçi yarmida moslaşiş jarayonida bölgan şvetsiyalik hujumçi yaxşi sport formasiga kirib bormoqda. 2026 yil boşidan buyon u barça turnirlar doirasida olti gol urişga erişdi, uning mavsum boşidan buyon barça turnirlar doirasida urgan gollari soni esa 13 tani taşkil etmoqda (ikkinçi örindagi Martinellida 10 ta gol).

Ketma-ket ikkinçi öyindagi yirik ğalabadan keyin Arteta şogirdlari turnir jadvalidagi birinçi örinni mustahkamlab oldi. «Arsenal» 2003/04 yillar mavsumidan buyon ilk bor öyin kunini ikkinçi örindan 9 oçkolik farq bilan yakunlaşga erişdi. Bugun «Siti» «Liverpul»ga qarşi safar öyinida yutqazadigan bölsa, ikkinçi örin bilan oradagi farq 9 oçkoligiça qoladi.
Hozirça çempionlik haqida gapirişga biroz erta, lekin «kanonirlar» uyda 44 öyindan buyon çempionşipdan çiqqan jamoalarga yutqazmayapti (+39=5) va bu orqali «Çelsi» tomonidan 2001-2015 yillarda örnatilgan rekordga barham berildi.
«Bornmut» – «Aston Villa» 1:1
Gollar: Rodjyers, 22 (0:1). Rayan, 55 (1:1)
«Bornmut»: Petroviç, Senesi, Hill, Tryuffer, Himenes (Smit, 86), Kuk, Skott, Krupi (Kristi, 65), Adli, Rayan (Bruks, 87), Evanilson (Yunes Unal, 90)
«Aston Villa»: Martines, Konsa, Mings, Din (Bogard, 86), Keş, Duglas Luis (Matsen, 77), Onana, Buendiya (Beyli, 66), Rodjyers, Sanço (Barkli, 77), Uotkins (Abraham, 86)
Ogohlantirişlar: Ximenes, 35 – Buendiya, 35
Ötgan turda «Aston Villa» öz uyida kutilmaganda «Brentford»ga yutqazib qöygandi. Ammo öşa öyinga birminghemliklarning tarkibidagi muammolarni inobatga olgan holda qaralsa, bu u qadar sensatsiya emasligini köriş mumkin. Jamoa hujumçilaridan biri Malen Italiyaga yöl oldi, şuningdek, Unai Emeri jarohatlar tufayli yarimhimoyadagi qator futbolçilaridan ayrilgan – Kamara mavsum oxiriga qadar safdan çiqdi, jamoa sardori Makginn hamda Tilemans ham jamoaga yordam bera olmayapti.
Bunday vaziyatda ötgan yil oxiridan buyon gol urmay qöygan Rodjyersga gol seziş qobiliyati qaytişi ayni muddao böldi. U birinçi bölim örtalarida Sançoning raqib himoyaçilari orasidan ötkazib bergan nozik uzatmasidan keyin darvoza törini kuçli zarba bilan öqqa tutdi. Ammo ikkinçi bölim boşida «Bornmut» safida ham öz qahramoni topildi – qişki transferlar doirasida «Vaska da Gama»dan 28,5 million yevroga xarid qilingan Rayan hisobni tenglaştirdi.
19 yoşli braziliyalik ötgan turda APLda zaxiradan tuşib, debyut qilgan va golli pas muallifi bölgandi. Endi Mark Silva uni boşlanğiç tarkibga kiritdi va u yana işonçni oqladi. Rayan taşabbusni öz qöliga olib, öng qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va raqibning bir neça futbolçisi orasidan osonlik bilan ötib ketib, yaqin burçakka yöllagan zarbasi bilan darvozabonni ham doğda qoldirdi. «Villa» navbatdagi oçko yöqotişdan keyin ham uçinçi örinda qolmoqda, ammo jamoaning öz ta’qibçilari bilan oradagi farqi qisqarişda davom etmoqda: jamoa sönggi beş turda 10 oçko yöqotdi (1 ğalaba, 2 durang, 2 mağlubiyat).
«Vulverhempton» – «Çelsi» 1:3
Gollar: Palmer, 13 – penalti (0:1). Palmer, 35 – penalti (0:2). Palmer, 38 (0:3). Arokodare, 54 (1:3)
«Vulverhempton»: Joze Sa, S. Bueno, Moskera, U. Bueno, Doerti (R. Gomeş, 46), Gomes (Pedro Lima, 90+1), A. Gomeş (Bellegard, 80), Armstrong, Mane, Hvang Hi Çhang (Kreyçi, 43), Arokodare
«Çelsi»: Sançes, Çaloba, Fofana, Kukurelya, Gyusto (Açimpong, 75), Santos (Hato, 84), Kaysedo, Fernandes, Pedru Netu, Palmer (Garnaço, 61), Joao Pedro (Delap, 75)
Ogohlantirişlar: Armstrong, 45 – Kukurelya, 73
Peşqadamlar guruhidagi eng oson öyin «Çelsi»da böldi, londonliklar birinçi bölimning özida «Vulverhempton» mudofaasini yakson etişdi, Palmerga esa het-trik rasmiylaştiriş uçun 25 daqiqa yetarli böldi. Koul avvaliga ikki penaltini aniq ijro etdi, bölim oxirlarida Kukurelyaning uzatmasini golga aylantirdi. Bu orqali kun qahramoni ikki bor tarixga kirdi. Birinçi navbatda, u turnir tarixida uçta öyinda birinçi bölimning özida uçtadan gol urgan ilk futbolçiga aylandi. Ikkinçidan, APLdagi het-triklar soni böyiça (4) «Çelsi» klubi rekordçisiga aylandi. Uşbu yarimhimoyaçi gollaridan birini quloqlarini qöllari bilan yopgan holda nişonladi, bu orqali u özi tuğilib ösgan Mançester şahriga qaytib, «MYu»ga ötişni istayotgani haqidagi miş-mişlarga munosabat bildirdi.

Ispaniya: Bernalning ilk goli

«Barselona» – «Malyorka» 3:0
Gollar: Levandovski, 29 (1:0). Yamal, 61 (2:0). Bernal, 83 (3:0)
«Barselona»: X. Garsiya, Kubarsi, E. Garsiya, Balde, Kunde, Fermin Lopes (Markes, 84), Kasado, Olmo (Bernal, 67), Reşford (Torres, 67), Yamal (Joau Kanselu, 78), Levandovski (Barji, 78)
«Malyorka»: Roman, Valent, Lopes, Mohika, Maffeo, Maskarel, Koşta (Morlanes, 77), Pablo Torre (Sançes, 62), Virhili (Darder, 62), Morey (Jozef, 62), Muriçi (Lyabres, 77)
«Barselona» la liganing 23-turi arafasida turnir jadvalida peşqadamlik qilayotgandi, ammo «Real» atigi bir oçkolik farq bilan ta’qib etib kelmoqda.
Bunday vaziyatda Hans-Diter Flik jamoasi «Malyorka»ni mağlub etişi talab etilardi. Raqib turnir jadvalining 13-örnida – xavfli hududdan ikki oçkolik masofada joylaşgan. «Malyorka» bu mavsumda safar öyinlarini juda yomon ötkazmoqda – çempionatning safardagi 11 öyinida birgina ğalaba. «Barsa» esa uydagi 10 öyinda 10 ğalabaga ega edi.
«Barselona» bu öyinda ham öz an’anasiga köra birinçi bölib gol ötkazib yuborişiga bir baxya qoldi. Öyinning 21-daqiqasigaça mehmonlar tört bor zarba berişdi, mezbonlarda esa atigi bir zarba böldi. Faqat bölim örtalariga borib kataloniyaliklar taşabbusni öz qöliga ola boşladi va bunda Reşford asosiy işni bajardi. Uning uzoq masofadan yöllagan dastlabki zarbasi mehmonlar uçun ogohlik qönğiroği bölgandi, ikkinçi zarbasidan keyin töp himoyaçiga tekkan holda yönalişini özgartirdi va Levandovskiga borib tuşdi, polşalik hujumçi çempionatning bu mavsumidagi öninçi golini urişga erişdi.
Ikkinçi bölim boşlarida esa Yamal ham mavsumdagi gollari sonini öntaga yetkazib qöydi. Burçak zarbasi ijro etilganidan keyin u uzoq masofadan töpni aylantirib burçakka yönaltirdi, darvozabon esa reaksiya körsatişga ham ulgurmadi. Endi Hansi Flik jamoasida birdaniga uç nafar futbolçi (Levandovski, Yamal, Ferran Torres) kamida öntadan gol urgan. Yetakçi ligalarda bunday natija bilan faqat «Bavariya» maqtana oladi (Keyn, Olise, Dias).

Lamin uçun bu öz faoliyatida ilk bor la liganing bir mavsumida 10 gol urişi bölmoqda. Bundan taşqari, u – kuçli beşlikda mavsum boşidan buyon yuz martadan ortiq muvaffaqiyatli aldab ötişlarni amalga oşirgan ilk futbolçiga aylandi. Taqqoslaş uçun, bu boradagi ikkinçi örinda turgan «Mançester Siti» vingeri Dokuda bu körsatkiç 38 taga kamroq. Umuman olganda, Yamal öz darajasidagi işlarni bajarib kelmoqda, öyinda yakuniy hisobni örnatgan Bernal uçun esa bu kattalar futbolidagi ilk golga aylandi. Uşbu 18 yoşli yarimhimoyaçi Fermin Lopesning pasidan keyin ikki himoyaçidan qoçib ketdi, raqibning bir futbolçisini fint bilan gazonga yotqizdi va yaqin burçakni aniq nişonga oldi.













