«Siti» «Arsenal» bilan 6 oçkolik farqni tikladi

«Liverpul» – «Mançester Siti» 1:2
Gollar: Soboslai, 74 (1:0). Bernardu Silva, 84 (1:1). Holand, 90+3 – penalti (1:2)
«Liverpul»: Alisson, van Deyk, Konate, Kerkez (Kiyeza, 90+4), Soboslai, Makallister, Gravenberh, Virs, Gakpo (Jons, 85), Saloh, Ekitike
«Mançester Siti»: Donnarumma, Geyi, Husanov (Ruben Diaş, 61), Ayt Nuri, Mateus Nunes, Rodri, ÖRayli, Bernardu Silva, Marmuş (Şerki, 61), Semenyo (Ake, 90+6), Holand
Ogohlantirişlar: van Deyk, 47. Alisson, 90 – Marmuş, 42. Geyi, 69. Holand, 90. Bernardu Silva, 90
Çetlatiş: Soboslai, 90

«Liverpul» va «Mançester Siti» uçraşuvi sönggi ön yillikda ingliz klasikosiga aylanib qoldi. Bular – kuçli tarkiblarga ega, yulduz murabbiylar işlaydigan hamda butun yer yuzi böylab millionlab muxlislardan iborat armiyaga ega bölgan ikki superklubdir. Ammo joriy mavsumda ikki jamoada ham pasayiş yuzaga keldi.

Mersisaydliklar ötgan mavsumni a’lo darajada ötkazib, çempionlikni qölga kiritgandi, ammo yozda keng kölamli qayta qurişga qöl urildi va jamoa öz öyin uslubini yöqotdi. Yozgi transferlarda ajoyib ijroçilar jamoaga olib kelindi, ammo bu tarkib hali öz öyinini topib ololmayapti. Bu esa beqaror natijalarga sabab bölmoqda. Jamoa 23-turda «Bornmut»ga yutqazgandi, keyin esa YeÇLda «Qoraboğ» (6:0), APLda «Nyukasl» (4:1) yirik hisoblarda mağlub etildi.

«Siti»da natijalar böyiça nisbatan yaxşiroq vaziyat – jamoa YeÇLning sönggi turida kuçli sakkizlikka ilinib qoldi, APLda esa ançadan buyon ikkinçi örinni heç kimga bermadi. Ammo «şaharliklar» öyinini ham «Liverpul»nikiga qaraganda barqarorroq deb bölmaydi: «Enfild»dagi öyingaça Pep Gvardiola şogirdlari çempionatning sönggi olti turida atigi bir ğalabaga erişgandi.

Arne Slot jamoasining mavsumdagi eng muhim öyinlaridan biriga öz ixtiyoridagi eng kuçli tarkibni tuşirdi, Gvardiola esa özi uçun noodatiy bölgan 4-4-2 sxemasini tanlab, bir vaqtning özida Erling Holand va Omar Marmuşga boşlanğiç tarkibdan joy topib berdi. Natijada Foden, Şerki va Reynders zaxira örindiğida qoldirildi.

Ammo «Siti»ning bu sxemasi amalda klassik 4-4-2 körinişida emas, balki «romb»ni ifoda etardi. Unda Rodri tayanç zonasida qoldi, ÖRayli, Semenyo va Bernardu Silva muntazam ravişda raqib mudofaa çiziqlariga kirib, kombinatsiyalar uyuştirişdi. Öyinning dastlabki qismida «Liverpul» faolroq bölişga va böş hududlar topişga intildi, ammo öyinning 22-daqiqasiga kelib ekranda «Siti» bu vaqtgaça raqib jarima maydoni tomon 31 uzatma amalga oşirgani, mezbonlarda esa bunday uzatmalar soni atigi bitta bölgani haqida titr çiqarildi.

Birinçi bölimda har ikki jamoa ham bir martadan penaltiga da’vogarlik qildi. Avvaliga Marmuş jarima maydoniga yiqildi, ammo Kreyg Pouson bunga e’tibor qaratmadi.

Videotakror Konate raqib hujumçisi bilan kontaktni jarima maydoni taşqarisida boşlaganini körsatdi.

Bölim oxirida esa Bernardu Silva jarima maydoni içida Salohning qölidan tortib qoldi. Ammo hakam bu vaziyatni ham e’tiborsiz qoldirdi, VAR yana aralaşmadi.

Ikkinçi bölim esa birinçisiga qaraganda intensivroq keçdi. 46-daqiqadayoq Saloh qulay pozitsiyaga çiqib bordi, ammo uning zarbasi öxşamadi. «Siti» darhol javob qaytardi, Alisson sönggi daqiqada töpni Marmuşning oyoqlari ostidan olib qöyişga ulgurdi. Biroz ötib van Deyk Holandga işlatilgan uçun sariq kartoçka oldi.

Şundan keyin «Liverpul» taşabbusni töliq öz qöliga oldi. Mersisaydliklar töpni özida köproq vaqt davomida uşlab tura boşladi va hujumlar uyuştirdi. Ekitike ajralib turdi: fransuz hujumçisi bir neça vaziyatlarga ega böldi, ammo uning zarbalari darvoza sohasiga töğri bormadi. Yana bir vaziyatda u Virsni qulay vaziyatga çiqardi, ammo Geyi zarba yölini bloklab, jamoasini qutqardi.

Öyinning bir soati ortda qolayotganida esa maydonda özbekistonlik muxlislar uçun xavotirli vaziyat yuzaga keldi: Abduqodir Husanov öz jamoadoşi Janluijji Donnarumma bilan töqnaşuvdan keyin şifokorlar yordamiga ehtiyoj sezdi.

Tibbiyot xodimlari unga boş miya çayqalişi taşxisini qöyişdi va futbolçi maydonda qolişni istaganiga qaramay, unga öyinni davom ettirişga ruxsat berişmadi. Gvardiola uning örniga Ruben Diaşni maydonga taşladi.

Öyinning 75-daqiqasida esa «Liverpul» raqib darvozasidan taxminan 30 metr masofada standart vaziyat işladi. Ammo Donnarumma bu masofani uzoq deb hisobladi va «jonli devor»ga ikki kişi qöyiş bilan kifoyalandi. Dominik Soboslai esa fantastik zarbasi bilan uni bu qarori uçun jazoladi. Darvozabon örnidan qimirlaşga ham ulgurmadi.

Vengriyalik yarimhimoyaçi amalda mavsum boşida «Arsenal»ga urgan golini takrorladi. Öşanda uning fantastik goli jamoasiga ğalaba keltirgandi, ammo bu safar barçasi boşqaça keçdi.

«Liverpul»da hisobni saqlab qoliş uçun öynaşga qaror qildi. Ammo Gvardiola şogirdlari öyinning sönggi qismida vaziyatni öz tomoniga oğdira olişdi. 84-daqiqada Holand ikkinçi qavatda töp uçun kuraşda Konatedan ustun keldi va töpni oldinga taşlab berdi, Bernardu Silva esa töpga Alisondan oldinroq yetib borib, bir teginişda darvozani aniq işğol etdi. Bu vaziyatda Soboslai ofsayd çiziğini uşlaşda xatoga yöl qöydi.

Hakam öyinga 7 daqiqa qöşib berdi, muxlislar öyin durang hisob bilan yakunlanişiga tayyorgarlik köra boşladi, ammo 90+1-daqiqada boş hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Bu ança bahsli qaror edi, çunki Alison Nunes bilan töqnaşganida raqib futbolçisi töp maydon taşqarisiga çiqib ketib bölgandi.

Holand esa bu sovğadan foydalandi va «Enfild»dagi ilk golini urdi.

Goldan keyin Gvardiola himoyani kuçaytiriş uçun Akeni maydonga taşladi.

Şundan keyin maydonda bölib ötgan voqealar haqida alohida maqola yozsa böladi. Penalti tufayli qöşib berilgan daqiqalar uzaydi.

90+7-daqiqada Ayt-Nuri öyinga nuqta qöyişi mumkin edi, ammo Alison «Liverpul»ni öyinda qoldirdi. Bir daqiqa ötmay Donnarumma Makallisterning rikoşet bölib kelgan zarbasini qaytarib qoldi.

Sönggi daqiqada Alison raqib jarima maydoniga yetib bordi. «Liverpul» darvozaboni öz vaqtida qöşimça daqiqalarda ğalaba golini urgandi, ammo bu safar mehmonlar qarşi hujumga çiqib ketişdi.

100-daqiqada Şerki maydonning ikkinçi qismidan turib töpni yerlatib böş qolgan darvoza tomon tepdi.

E’tibor aniqlikka qaratilgani uçun zarba u qadar kuçli emasdi, Holand va Soboslai töpga yetib oliş uçun poyga öynaşdi. Bu poygada ortda qola boşlagan Soboslai esa raqibini qöli bilan töxtatib, undan ötib ketdi.

«Liverpul» futbolçisi ham töpga yeta olmadi, unga endi Holand xalaqit berdi va töp darvoza töriga kirib ketdi.

Vaziyatga VAR aralaşdi: Holand Soboslaiga töpga yetib borişga xalal qilgani uçun gol bekor qilindi, öz navbatida Soboslai Holandni uşlab qolgani uçun unga qizil kartoçka körsatildi.

«Siti»ga ğalaba uçun ikki gol ham yetarli böldi. «Liverpul» esa endi keyingi turda «Sanderlend»ga qarşi keçadigan öyinda Soboslaining xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Öz uyida yutqazgan mersisaydliklar törtinçi örindagi «Çelsi»dan tört oçkoga ortda qolmoqda. Slot jamoasi APLning sönggi yetti öyinida atigi bir ğalabaga erişgan. «Siti» esa hayot-mamot öyinidan uç oçko bilan qaytdi va «Arsenal» bilan poygani davom ettiradigan böldi – oradagi farq yana 6 oçkoni taşkil etmoqda.