10 fevral, seşanba kuni Slavyanskka qilingan Rossiya zarbalari qurboni ikki kişi — ayol va uning 11 yoşli qizi böldi. Bu haqda Donetsk viloyati prokuraturasi xabarida aytilgan.

Idora ma’lumotiga köra, uşbu hujumda yaralanganlar soni 16 nafarga yetgan. Qayd etilişiça, RF Qurolli kuçlari Slavyanskka UMPK (rejalaştiriş va korreksiya qilişning unifikatsiyalangan moduli) örnatilgan “FAB-250” turidagi oltita bomba bilan zarba bergan. Bu — qanotçalar va sun’iy yöldoş orqali yönaltirişga ega bölgan ulanma aerodinamik jihoz bölib, u oddiy fugas aviabombalarni (FAB) boşqariladigan planerlovçi aviabombalarga (KAB) aylantiradi.

Donetsk viloyati politsiyasi ma’lum qilişiça, halok bölgan ayol va uning 11 yoşli qizi jasadlari vayronalar ostida topilib, çiqarib olingan. Yaralanganlar orasida kamida bir nafar bola ham bor — 7 yoşli qizça. “Xususiy uylar, texnik xizmat körsatiş stansiyasi, qozonxona, şuningdek noturar joy binolari şikastlandi”, — deyiladi xabarda.

Bundan oldin Donetsk viloyati davlat ma’muriyati rahbari Vadim Filaşkin yaralanganlar orasida 1980 yilda tuğilgan va oğir ahvolda bölgan erkak borligini bildirgan. “Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 14 ta xususiy uy, ikkita köp qavatli uy, ma’muriy bino, omborlar va angarlar, infratuzilma obekti, dökon, yonilği quyiş şoxobçasi va 28 ta avtomobil şikastlangan”, — deb yozgan mansabdor.

Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari ma’lumotiga köra, 10 fevralga ötar keçasi Rossiya Ukrainaga 125 ta dron bilan hujum qilgan, ularning taxminan 80 tasi Shahed turidagi dronlar. Dronlar quyidagi yönalişlardan uçirilgani aytiladi: Kursk, Oryol, Bryansk, Primorsko-Axtarsk, Şatalovo, Millerovo (RF hududi).

Ma’lumotnomaga köra, Ukraina HHM kuçlari mamlakatning şimoli, janubi va şarqida 110 ta dronni urib tuşirgan yoki neytrallaştirgan. Şu bilan birga, Havo kuçlari hisobotida 13 ta hujumkor dron 6 ta joyda nişonga tekkani, şuningdek 2 ta joyda parçalar tuşgani qayd etilgan.

Rossiya zarbalari natijasida Zaporijjyada tört kişi yaralangan, ular orasida ikki nafar bola bor. Odessa viloyatida DTEK’ning energetika obekti şikastlangan, uçta jamoat elektr ta’minotisiz qolgan.