Şavkat Mirziyoyev Ramazon oyida dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlaşgan oziq-ovqat yarmarkalarini boşlaş böyiça topşiriq berdi.

«Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boşlanadi. Saxovat, mehr-oqibat va şukronalik ramzi bölgan uşbu muqaddas kunlarda içki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlaş har qaçongidan ham muhim», – deydi davlat rahbari.

Yiğilişda yanvar oyida yillik inflatsiya darajasi 7,2 foizni taşkil etgani ma’lum qilindi. Inflatsiyaning 45 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, 13 foizi göşt hisobidan bölgan.

Göştda importga qaramlikni qisqartiriş uçun ozuqa masalasini hal qiliş kerakligi körsatib ötildi.

Muborak tumanida 5 ming gektar yer foydalanişga kiritilib, makkajöxori ekiş boşlanayotgani barça uçun namuna ekani qayd etildi. Şu bois, bu yil qöşimça 60 ming gektarda bu işlarni taşkil qiliş topşirildi. Bu qöşimça 350 ming çorva uçun kafolatlangan ozuqa bazasi böladi.

Mayda şoxli qoramol naslini yaxşilaş uçun ötgan yil Möğulistondan 100 ming qöy va eçki olib kelindi. Bu yil ham mazkur işlar davom ettirilişi belgilandi.

Ötgan yil 772 ming tonna kartoşka import qilindi. 2026 yilda mutasaddilar, hokimlar 4,5 million tonna kartoşka hosili olişi kerakligi körsatib ötildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazi inflatsiya böyiça içki va taşqi xatarlarni oldindan aniqlab, ularga amaliy yeçim topiş masalasi bilan şuğullanişi belgilandi.

Vazirlikning hududiy boşqarmalarida markazning 2 nafardan vakili böladi. Markaz har haftada tuman va şahardagi bozorlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotga hozir qança ehtiyoj borligi, bir oy, uç oy, bir yildan keyin talab qanday özgarişini prognoz qiladi.

Mavjud quvvatlar va omborlardagi mahsulotlar talabni qançaga qoplaşi, yetişmagan qismini nimaning hisobidan ta’minlaşi böyiça har çorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansi şakllantiriladi.