“Biz nima qiliş kerakligini aniq bilamiz. Rossiyaning ehtimoliy bostirib kirişiga tayyormiz, va tiyib turiş darajasi haqiqatan ham yuqori”, — dedi u.

Estoniya RFning ehtimoliy hujumida ilk nişonlardan biri hisoblanişi haqidagi savolga javob berar ekan, Tsaxkna “xaritaga qarasak, bu juda mantiqiy”, deb tan oldi. 

“Lekin haqiqiy hayotda biz öz imkoniyatlarimizni sezilarli darajada oşiryapmiz. Menimça, NATO har qaçongidan ham kuçliroq. Bizda allaqaçon yangi mudofaa rejalari bor, bu esa biz şunçaki kutib turmayotganimizni anglatadi. Agar Rossiya bizning hududimizga bostirib kirsa, qarşilikni boşlagan holda, uruşni Rossiya hududiga köçiramiz”, — deb ogohlantirdi Estoniya TIV rahbari.

U şu kontekstda eng avvalo “siyosiy iroda” uni xavotirga solayotganini aytdi. “Bizni Yevropaning özi xavotirga soladi: Yevropa qaror qabul qilişga, tik turişga, kuçayişga tayyormi-yöqmi”, — dedi vazir.

Estoniya taşqi işlar vaziri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan heç qanday rejasiz muzokara olib borişni xatolik, deb atadi. 

“Biz Yevropada bunday siyosatni ön yillab yuritdik. Natija nima böldi? Natija — yana köproq uruşlar, yanada agressiv Rossiya. Şuning uçun hozir Yevropa Ittifoqi uçun qandaydir maxsus vakil qidirişni boşlaş, uni Kremlga yuboriş mutlaqo notöğri: u u yerdan xorlangan holda, yanada zaif bölib qaytadi va Ukraina pozitsiyalarini ham zaiflaştiradi”, — deb hisoblaydi Tsaxkna.