Rossiya qöşinlari seşanbaga ötar keçasi, 17 fevral kuni Odessaga uçuvçisiz apparatlar (dronlar) bilan ommaviy hujum qildi. Infratuzilma obekti va fuqarolik binolari şikastlangani haqida Odessa şahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak ma’lum qildi.
“Tumanlardan birida turar joy binosining yuqori qavatlarida yonğin çiqqan. Boşqa tumanda esa dökon va avtotexnik xizmat körsatiş stansiyasi şikastlangan. Ikki nafar jabrlanuvçi borligi ma’lum”, — deya Telegram’da yozdi Lisak.
“Strana.ua” naşri ma’lumotiga köra, şaharning ayrim qismlarida elektr va suv ta’minotida uzilişlar kuzatilmoqda.
“Suspіlne” telekanali ham Dnipro şahrida va Sumi viloyatidagi Axtirka şahrida portlaşlar bölgani haqida xabar bergan.
Rossiya Mudofaa vazirligi 16 fevral kuni soat 20:00 dan 00:00 gaça bölgan vaqt içida RF hududlari ustida 76 ta Ukraina droni yöq qilinganini bildirdi.
Krasnodar ölkasining Severskiy tumanida uçuvçisiz uçiş apparati parçalari qulaşi oqibatida ikki kişi jabrlangan, törtta xususiy uy şikastlangan, ulardan ikkitasida yonğin boşlanganini mahalliy tezkor ştab xabar qildi.
“Ukrainskaya pravda” naşri mahalliy aholiga tayanib yozişiça, Ukraina Qurolli kuçlarining dronlari Ilskiy neftni qayta işlaş zavodini nişonga olgan, zavod hududida kuçli yonğin çiqqan.
17 fevral kuni tungi paytda Qozon, Nijnekamsk, Ulyanovsk, Penza, Tambov va Soçi aeroportlari öz işini vaqtinça töxtatgan.













