Arbeloaning revanşi va Mourinioning çetlatilişi
«Benfika» – «Real» 0:1
Gol: Vinisius Junior, 50 (0:1)
«Benfika»: Trubin, Otamendi, Arauju, Dal, Dediç, Eursnes (Lopeş Kabral, 80), Barreyru, Rafa Silva (Sudakov, 74), Şelderup (Rios, 74), Prestianni (Lukebakio, 81), Pavlidis
«Real»: Kurtua, Ryudiger, Hausen, Karreras (Karvahal, 90+9), Aleksandr-Arnold, Tşuameni, Arda Guler (Dias, 86), Kamavinga (Pitarç, 90+4), Valverde, Vinisius Junior, Mbappe
Ogohlantirişlar: Prestianni, 78. Sudakov, 90 – Vinisius Junior, 51. Mbappe, 87
Madridning «Real» klubi YeÇL ötiş öyinlari doirasida «Benfika»ga qarşi safarda keçgan birinçi öyinda ğalaba qozondi (1:0) va umumiy guruh bosqiçining sönggi turida uçralgan alamli mağlubiyat uçun revanş oldi. Öyindagi yagona golni Vinisius Junior urdi va aynan u öyinda röy bergan mojaroli epizod qahramoniga aylandi. U öziga nisbatan irqçilik işlatilganidan şikoyat qilgaç, hakam ön daqiqaga öyinni töxtatib qöydi.
50-daqiqada Vinisius çap qanotdan jarima maydoniga yaqinlaşib, ajoyib gol muallifiga aylandi: uning aylanma zarbasidan keyin töp olis töqqizlikka borib tuşdi.
Şundan keyin u burçakdagi bayroq oldiga borib, golini raqs tuşgan holda nişonladi, tribunalardan unga tomon turli buyumlar uloqtirildi.

Uçraşuv boş hakami Fransua Letekse esa provokatsiya uçun futbolçiga sariq kartoçka körsatdi.
Keyin esa 25 yoşli vinger va raqib futbolçilari örtasida bahs yuzaga keldi, avvaliga Nikolas Otamendi u bilan baland ohangda gaplaşdi, ammo vaziyat şu bilan tinçimadi.

Janluka Prestianni unga qarata oğzini futbolkasi bilan tösgan holda (lab harakatidan nima deyayotganini yaşiriş uçun) nimadir dedi. Vinisius esa unga kulib qöydi va darhol boş hakam oldiga çopdi.

As naşri xabariga köra, u argentinalik futbolçi özini maymun deb ataganiga amin.

Letekse öyinni töxtatdi, Vinisius esa namoyişkorona tarzda maydonni tark etib, zaxira örindiğiga borib ötirib oldi.

Maydonda «Real» va «Benfika» vakillari özaro munosabatlarga oydinlik kiritib olişga kirişib ketişdi.

Mezbonlar ustozi Joze Mourinio ham Vinisiusning oldiga kelib, u bilan gaplaşib, maydonga qaytişga undadi.

Braziliyalik futbolçini ançagaça tinçlantira olişmadi, u zaxira örindiğida ötirib, hakamning qarorini kutdi.

Faqat 10 daqiqa ötib barça, jumladan, Vinisius ham maydonga qaytdi va öyin davom ettirildi. Lekin portugaliyalik muxlislar endi töp har safar unga borganida kuçli huştakbozlik qilişdi, Prestianni zaxiraga olinayotganida esa uni olqişlaşdi.
Öyin oxirlarida Vini jarima maydoni yaqinida işlatgan qöpolligi uçun ikkinçi sariq kartoçkani olişi mumkin edi, ammo hakam uni keçirdi, bunga qattiq e’tiroz bildirib maydonga çiqib ketgan Joze Mourinioga esa qizil kartoçka körsatildi.

Öyinning sönggi daqiqalarida Vinisius burçak zarbasini ijro etişga tayyorlanayotganida unga suv butilkasi ham uloqtirildi.

Uning Otamendi bilan navbatdagi bahsi esa 38 yoşli argentinalik futbolkasini kötarib, jahon çempionati, Finalissima va Amerika kubogidagi ikki ğalabaga bağişlangan tatusini körsatişi bilan yakunlandi.

Faqat uşbu faxriy futbolçida bu oqşom maqtanadigan boşqa narsa yöq edi – «Real» ğalabali hisobni saqlab qoldi va javob öyini oldidan keyingi bosqiçga ötiş uçun yaxşi imkoniyat hosil qildi.
U öynamasligi kerak

Öyindan keyin Kilian Mbappe jamoadoşining yonini olib, jiddiy bayonot berdi.
«Janluka Prestianni endi heç qaçon Çempionlar Ligasida öynamasligi kerak. Uning yuzini kördingizmi? Biz ahmoq emasmiz. Men mukammalman demayman, lekin bunday narsalarga köz yuma olmayman. Biz maydonda örnak bölişimiz kerak. Bu bola özini juda yomon tutdi.
Yevropaning asosiy turnirida qanday qilib bu iş sodir bölişi mumkin?
Prestianni Vinisiusni beş marta maymun deb atadi! Beş marta! Özim ham kördim, eşitdim. U heç kim körmasligi va eşitmasligi uçun yuzini mayka bilan tösgandi, ammo öyindan keyingi reaksiyasidan, yuzidan, özini tutişidan hammasi yaqqol körinib turardi. Uning yuzi yolğon gapirmaydi.
«Benfika»ga, uning muxlislariga, murabbiyiga heç qanday e’tirozim yöq. Bu Portugaliyaning eng yaxşi klublaridan biri. Lekin bu bola EÇLda öynamasligi kerak».
Turinliklarning dahşatli tuşi

«Galatasaroy» – «Yuventus» 5:2
Gollar: Sara, 15 (1:0). Kopmeyners, 16 (1:1). Kopmeyners, 32 (1:2). Lang, 49 (2:2). Sançes, 60 (3:2). Lang, 75 (4:2). Boe, 86 (5:2)
«Galatasaroy»: Ugurjan Çaqir, Sançes, Abdulkarim Bardakçi (Singo, 77), Yakobs (Eren Elmali, 83), Şolloi, Sara, Torreyra, Yunus Oqkun (Sane, 70), Lang (Boe, 83), Bariş Yilmaz (Ikardi, 77), Osimhen
«Yuventus»: Di Gregorio, Bremer (Gatti, 34), Kelli, Kambiyaso (Kabal, 46), Kalulu, Lokatelli, Kopmeyners, Tyuram (Miretti, 81), Konseysau (Kostiç, 70), Kenan Yildiz (Openda, 81), Makkenni
Ogohlantirişlar: Abdyulkerim Bardakçi, 43 – Kambiyaso, 18. Kabal, 59
Çetlatiş: Kabal, 67 (ikkinçi sariq)
Kunning ilk öyinida «Yuventus» Kenan Yildizning töp yöqotişi tufayli hisobda ortda quvişga majbur böldi. Germaniyada tuğilganiga qaramay, Turkiya milliy jamoasida öynaşni tanlagan uşbu futbolçi 15-daqiqada öz jamoasi jarima maydoni atrofida pressing tufayli töpni oldirdi va Gabriel Sara olisdan turib töpni burçakka aniq yölladi. Bu «Galatasaroy» uçun alohida voqea edi – Turkiya çempioni 12 yildan buyon asosiy yevrokubok pley-offida urgan ilk gol böldi.
Lekin «şerlar»ning hisobdagi ustunligi uzoq davom etmadi. Kambiyazo çapdan uzatgan töpni Kalulu boşda darvoza tomon yölladi, darvozabondan qaytgan töpga birinçi bölib Kopmayners yetib keldi. Luçano Spalletti uşbu niderlandiyalikni hujum çiziğiga çiqariş orqali kadrlar muammosiga ajoyib yeçim topgani ma’lum böldi. Jamoa hujumçilari Devid, Vlahoviç va Milik jarohatdaligida markaziy hujumçi sifatida tuşgan uşbu yarimhimoyaçi bölim davomida ikkinçi golni ham urdi.
Mezbonlar esa ikkinçi bölimda vaziyatni tubdan özgartirişdi va Lang tezda hisobni tenglaştirdi. Spaletti erta sariq kartoçka olgan Kambiyasoni qizildan asraş uçun zaxiraga olib, uning örniga Kabalni tuşirdi va aynan uşbu futbolçi öyin antiqahramoniga aylandi. Avvaliga u jarima maydoni yaqinida fol işlatgaç belgilangan jarima zarbasidan gol ötkazib yuborildi – 3:2. Biroz ötib uşbu futbolçi maydon markazida yana qöpollik işlatib, ikkinçi sariq kartoçkani oldi va maydonni tark etdi.
Mezbonlar köpçilik bölib qolganidan keyin Lang dublni rasmiylaştirdi, öyin oxirida esa Boe hisobni yiriklaştirdi – 3:2. «Yuve» bu safar ham pley-offda muvaffaqiyatsizlikka uçramoqda. Jamoa bir haftadan keyin Turinda bölib ötadigan javob öyinida uçta gol farqini yöqqa çiqarişi qiyin böladi.
«Borussiya»da oson ğalaba
«Borussiya» D – «Atalanta» 2:0
Gollar: Girassi, 3 (1:0). Bayyer, 42 (2:0)
«Borussiya» D: Kobel, Anton, Bensebayni, Redjani, Bellinghem, Nmeça (Zabitser, 83), Svensson, Ryuerson, Brandt (Çukvuemeka, 70), Bayyer (Adeyyemi, 70), Girassi (Silva, 83)
«Atalanta»: Karnesekki, Jimsiti (Xin, 46), Kolaşinats, Kossunu, Ederson, de Ron (Sulemana, 63), Bernaskoni, Dzappakosta (Bellanova, 72), Paşaliç, Zalevski (Samardjiç, 82), Skamakka (Krstoviç, 46)
Ogohlantirişlar: Redjani, 18. Anton, 48 – Jimsiti, 40. Kossunu, 40. Skamakka, 45
Dortmunddagi öyin 15 daqiqalik keçikiş bilan boşlandi, bunga «Borussiya» avtobusi stadionga keçikib kelişi sabab böldi. Ammo bu mezbonlarning öyiniga salbiy ta’sir körsatmadi, yil boşidan buyon sakkiz öyindan oltitasida öz darvozasini daxlsiz saqlab qolgan bergamoliklar esa öyin startidayoq gol ötkazib yuborişdi – himoyaçi Ryuersonning navbatdagi uzatmasidan keyin Girassi boş bilan Karnesekki qöriqlayotgan darvozani işğol etdi.
Mehmonlar ham xavfli hujumlar bilan javob qaytarişdi va vaqti-vaqti bilan Kobel darvozasi atrofida tahlikali vaziyatlar yuzaga keldi, ammo golni yana «Borussiya» urdi. Bu safar Girassi tezkor qarşi hujumda assistentlik rolini bajardi va Bayyerni böş darvoza qarşisiga çiqardi. Gvineyalik hujumçi YeÇLning sönggi ikki mavsumidagi eng sermahsul hujumçi bölib turibdi (17+7). Uşbu töpurar bu mavsumda ham «asalarilar»ni pley-offga yetaklamoqda. Nemislar javob öyinidan oldin ikki gol ustunligiga ega bölişdi.
«PSJ» bir oyoği bilan pley-offda

«Monako» – «PSJ» 2:3
Gollar: Balogun, 1 (1:0). Balogun, 18 (2:0). Due, 29 (2:1). Hakimi, 41 (2:2). Due, 67 (2:3)
Aniq ijro etilmagan penalti: Vitinya, 22’
«Monako»: Ken, Teze, Fas, Kayyu Enrike, Vanderson (Bamba, 70), Zakariyo, Kamara, Golovin, Adingra (Kulibali, 70), Akliuş (Diatta, 58), Balogun (Biyeret, 83)
«PSJ»: Safonov, Markinos, Paço, Nunu Mendeş, Hakimi, Vitinya, Joau Neveş, Zair-Emeri, Barkolya (Ramuş, 81), Kvaratsxeliya (Li Kan In, 69), Dembele (Due, 27)
Ogohlantirişlar: Fas, 21. Zakariyo, 29
Çetlatiş: Golovin, 48
Fransiya jamoalari töqnaşuvi parijliklarning ilk daqiqadayoq gol ötkazişi bilan boşlandi – Aleksandr Golovin qanotdan uzatma oşirdi, Balogun heç qanday qarşilikka uçramasdan, böş darvozani işğol etdi. Parijliklar töpga egalik qilişdi va bir neça yaxşi hujumlar uyuştirişdi, ammo Balogun yana gol urdi.
Bir neça daqiqa ötib yana «Monako»ning omadi keldi – Vitinya penaltidan foydalana olmadi. Yana biroz ötib mehmonlarda navbatdagi muammo yuzaga keldi – jamoa yetakçilaridan biri Usmon Dembele jarohat olib, maydonni tark etdi.
Ammo amalda aynan şu voqea öyindagi buriliş nuqtasiga aylandi – uning örniga tuşgan Dezriye Due darhol hisobni qisqartirdi va öyinga intrigani qaytardi. Bölim oxirida esa uning uzatmasidan keyin Hakimi hisobdagi muvozanatni tikladi.
Ikkinçi bölim boşidagi epizod esa öyin taqdirini hal qildi – Golovin maydon markazida Vitinyaga işlatgan qöpolligi uçun maydondan çetlatildi, bölim örtalariga borib Due dublni rasmiylaştirdi va amalda nafaqat uşbu öyin, balki 1/8 final yöllanmasi taqdirini ham hal qildi.












