Loyihada uşbu talablar VVER tipidagi reaktorlarga ega atom elektr stansiyalariga tatbiq etilişi belgilangan. Hujjatda vodorodli portlaşlardan himoyani ta’minlaş böyiça taşkiliy-texnik çora-tadbirlarni ekspluatatsiya qiluvçi taşkilot loyihada taşqi tabiiy va texnogen ta’sirlarni hisobga olgan holda asoslab berişi şartligi qayd etilgan.
Talablarga köra, ekspluatatsiya qiluvçi taşkilot normal ekspluatatsiya vaqtida germetik tösiq bilan çegaralangan hajmlarda vodorod saqlovçi portlovçi aralaşmalar hosil bölişiga yöl qöymasligi lozim. Loyihaviy avariyalarda bunday hajmlarda vodorod saqlovçi aralaşmalarning deflagratsiyasi va detonatsiyasi, loyihadan taşqari avariyalarda esa detonatsiyaga yöl qöyilmasligi şart. Loyihadan taşqari avariyalarda deflagratsiyaga faqat loyihada belgilangan xavfsizlik tizimlari töliq işlagan taqdirda ruxsat etilişi közda tutilgan.
Hujjatda vodorod hosil böliş manbalari va jarayonlari ham sanab ötilgan. Jumladan, normal ekspluatatsiya şaroitida konstruksion materiallar korroziyasi, reaktor faol zonasida suv radiolizi, yadroviy yoqilğini saqlaş havzasida suv radiolizi kabi omillar qayd etilgan. Avariyaviy holatlarda esa buğ-sirkoniy va temir-buğ reaksiyalari, suvning issiqlik dissotsiatsiyasi, turli materiallar korroziyasi hamda boşqa texnologik jarayonlar vodorod hosil bölişiga olib kelişi mumkinligi körsatilgan.
Loyihada vodorod xavfini bartaraf etiş uçun aktiv va passiv tizimlardan foydalaniş talab etiladi. Ular qatorida vodorod saqlovçi aralaşmalarni yoquvçi, vodorodli muhitni çiqarib yuboruvçi, muhitlarni aralaştiruvçi hamda avariya va avariyadan keyingi holatlarda boşqa gazlar kiritiş orqali vodorod saqlovçi aralaşmani suyultiruvçi tizimlar keltirilgan. Şuningdek, portlaş vaqtida yuzaga keladigan issiqlik va mexanik ta’sirlarni kamaytiriş böyiça texnik vositalar qöllanişi şart.
Ekspluatatsiya bosqiçida esa vodorodli portlaşdan himoyani ta’minlaydigan tizimlar va ularning elementlaridan foydalaniş böyiça yöriqnomalar işlab çiqilişi, texnik xizmat körsatiş va rejali ta’mirlaş tartibi belgilanişi, ta’mirdan söng uskunalar parametrlari tekşirilişi hamda tizimlar yadroviy yoqilğini yuklaş vaqtida va barça quvvat darajalarda soz holatda bölişi lozimligi ta’kidlangan.
Mazkur talablarga rioya etilişi ustidan nazorat Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi tomonidan amalga oşirilişi, talablar buzilgan taqdirda aybdor şaxslar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgar bölişi körsatilgan.











