Yevroittifoq davlatlari taşqi işlar vazirlari Bryusselda ötgan uçraşuvda Rossiyaga qarşi 20-sanksiyalar paketini qabul qila olmadi. YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas YeI Kengaşining duşanba, 23 fevral kuni bölib ötgan majlisidan keyin, a’zo mamlakatlar orasida yakdil pozitsiya yöqligidan afsus bildirdi.

«Bu muvaffaqiyatsizlik va biz yubormoqçi bölgan signal emas», — dedi u, qaror Rossiyaning Ukrainaga töliq kölamli bosqini boşlanganiga tört yil tölişidan oldingi kunda qabul qilinmaganiga e’tibor qaratgan holda.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni qat’iylaştiriş ustida işni davom ettirişga va bu çoralar zarurligiga Vengriya hamda Slovakiya rahbariyatini işontirişga va’da berdi. «Biz avval ham şunday ssenariylarga duç kelganmiz va birga yeçim topa olganimizni körganmiz. Hozir biz bu çoralar paketi böyiça olğa siljiş uçun venger va slovak hamkasblarimiz bilan turli darajalarda muloqot qilyapmiz», — dedi Kallas.

Uning aytişiça, YeI Ukrainaga qöllab-quvvatlaş davom etişi va Rossiyaga bosim kuçaytirilişi haqida aniq signal berişi kerak. Rossiya qöşni davlatga qarşi uruşni töxtatişi lozim, dedi u.

Öz navbatida, Ukraina taşqi işlar vaziri Andriy Sibixa Vengriya va Slovakiyani «konstruktiv hamkorlik va mas’uliyatli harakatlarga» çaqirdi. Uning ta’kidlaşiça, bu ikki davlat Yevropa Ittifoqini «garovda uşlab turiş»ni töxtatişi kerak.

Bundan oldin Vengriya boş vaziri Viktor Orban Ukraina “Drujba” quvuri orqali neft uzatişni töxtatgani sabab, mamlakat 20-sanksiyalar paketini bloklaşini aytgan. «Drujba» quvuri yopiq turgan paytda biz qöl qovuştirib ötirmaymiz. Vengriyaga yonilği yetkazib berişni ta’minlaymiz va yetkazib berişlar tiklanmagunça zarur qarşi çoralarni köramiz», — deb yozgan Orban X ijtimoiy tarmoğida.

Slovakiya boş vaziri Robert Fitso ham “Drujba” orqali neft uzatiş töxtatilganini tanqid qildi va agar Kiyev tranzitni tiklamasa, Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib berişni töxtatişi mumkinligini ogohlantirgan.

Yevropa komissiyasi fevral oyi boşida Rossiyaga nisbatan 20-sanksiyalar paketi böyiça öz taklifini taqdim etgan. Jumladan, YeI Rossiya nefti eksporti uçun dengiz xizmatlarini töliq taqiqlaşni, şuningdek Rossiya uçun tankerlar sotib olişni qiyinlaştirişni rejalaştirmoqda. Sanksiyalarning ikkinçi blokida YeI Rossiyaning bank tizimiga bosimni kuçaytiradi. Çoralar sanksiya ostidagi tovarlar bilan noqonuniy savdoga kömaklaşayotgan uçinçi mamlakatlardagi banklarga ham ta’sir qilişi kerak.

Uçinçi blok savdo çeklovlarini yanada qat’iylaştirişni közda tutadi. YeI 360 mln yevrodan ortiq summaga turli tovar va xizmatlarni eksport qilişga yangi taqiqlar joriy etmoqçi — rezina va traktorlardan tortib kiberxavfsizlik sohasidagi xizmatlargaça. Şuningdek, 570 mln yevrodan ortiq summaga metallar, kimyoviy mahsulotlar va muhim minerallarga nisbatan yangi import çeklovlari hamda portlovçi moddalar işlab çiqariş uçun materiallarini öz içiga olgan harbiy maqsaddagi tovar va texnologiyalar eksporti böyiça qöşimça taqiqlar ham kiritilmoqda.

Bundan taşqari, YeI ilk bor sanksiyalarni çetlab ötişga qarşi maxsus instrumentni işga tuşirib, stanoklar va radiostansiyalarni Rossiyaga qayta eksport qiliş xavfi yuqori bölgan mamlakatlarga eksport qilişni taqiqlaşni közlamoqda. Yevrokomissiya, şuningdek, sanksiyalar qöllanişi oqibatida Rossiyada intellektual mulk huquqlari buzilişi yoki adolatsiz ekspropriatsiyadan himoya qiliş uçun YeI kompaniyalariga qöşimça huquqiy kafolatlarni kuçaytirişni taklif qilgan. Sanksiyalar joriy etilişi uçun YeI a’zolarining barçasi yakdil bölişi şart.