Kasalliklarning global yukini örganiş şuni körsatdiki, butun dunyo böylab ösmirlarning 15,2 foizi ruhiyat bilan boğliq muammolarga ega. Tahlil Molecular Psychiatry jurnalida çop etildi.
Ruhiy buzilişlar va psixoaktiv moddalarni iste’mol qiliş bilan boğliq buzilişlar tibbiyotning dolzarb muammosiga aylanib bormoqda, ayniqsa, ösmirlar va yoşlar orasida. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ma’lumotlariga köra, butun dunyo böylab ösmirlarning taxminan 14 foizi uşbu guruh kasalliklaridan aziyat çekadi. Biroq köpçilik pandemiya bu körsatkiçga sezilarli ta’sir körsatgan bölişi mumkin, degan fikrda. Yoşlarning ruhiy salomatligiga katta e’tibor qaratilayotganiga qaramay, ösmirlar (10-19 yoş) va yoş kattalar (20-24 yoş) örtasida ruhiy kasalliklar epidemiologiyasi böyiça bilimlarda jiddiy böşliq saqlanib qolmoqda.
Şu sababli, Ohayo ştati universitetidan Milap Nahata boşçiligidagi tadqiqot guruhi 1990 yildan 2021 yilgaça bölgan davrda ösmirlar va yoşlar örtasida ruhiy kasalliklarning global va mintaqaviy tarqalişini baholaş uçun 2021 yilgi Global kasallik yuki ma’lumotlar töplamidan foydalandi.
Ma’lum bölişiça, 2021 yilda dunyo böyiça 184,9 million ösmir (15,2 foiz) va 94,1 million yoşlar (16,1 foiz) ruhiy kasalliklarga çalingan. Xavotir buzilişi ikkala guruhda ham eng keng tarqalgan holat edi (mos ravişda 4,94 foiz va 5,8 foiz), undan keyin depressiv buziliş kuzatildi. Şunisi e’tiborga loyiqki, ösmirlik davrida ruhiy buzilişlarga köproq erkaklar, öspirinlik davrida esa ayollar moyil bölgan. Depressiv va xavotirli buzilişlar va ovqatlaniş xulq-atvorining buzilişi ayollarda, autizm spektrining buzilişi, diqqat yetişmasligi va giperaktivlik sindromi, şuningdek, xulq-atvor buzilişi erkaklarda köproq uçradi. Bundan taşqari, 10,1 million ösmir va 19,6 million yoşlar psixoaktiv moddalarni iste’mol qiliş bilan boğliq kasalliklarga çalingan.
Kasallikning asosiy oğirligi Avstraliya va Okeaniya, Şimoliy Amerika va Ğarbiy Yevropa kabi yuqori daromadli hududlarda töplangan. Depressiv buzilişlar Şimoliy Amerikada eng köp tarqalgan bölib, Ğarbiy Yevropada ösmirlar orasida va Lotin Amerikasida yoşlar orasida xavotir buzilişlarining tarqalişi eng yuqori çöqqiga çiqdi. 2021 yilda ösmirlar va yoşlar örtasida mehnatga layoqatli hayot yillarining yöqotilişi va mehnatga layoqatsizlik böyiça tuzatilgan hayot yillarining köpayişiga ruhiy kasalliklar asosiy sabab böldi.
Olimlarning fikriga köra, uşbu natijalar kovid pandemiyasi fonida yuzaga kelgan ösmirlar va yoşlarda ruhiy buzilişlar epidemiologiyasidagi reaktiv özgarişlarni aks ettiradi. Biroq, uşbu ma’lumotlarni yangilaş uçun 2021 yildan 2026 yilgaça bölgan davrda ruhiy kasalliklarning tarqalişini örganadigan yangi tadqiqotlar talab etiladi.

















