Uçraşuvda Putin aloqa bataloni qömondoni Irina Godunova bilan suhbatlaşdi. U Telegramʼni «duşmanga tegişli aloqa turi» deb atadi va Rossiyada uni bloklaş masalasi kötarilganini ma’qulladi.
«Siz ham bizniki bölmagan va biz nazorat qila olmaydigan aloqa tizimlaridan foydalaniş şaxsiy tarkib uçun xavf tuğdiradi, degan fikrga qöşilasizmi?» — deb söradi Putin. Godunova bu fikrga qöşilişini aytdi.
Godunova yana «Max’ni yanada takomillaştiriş kerak, şunda frontda hammasi yaxşi böladi», deb bildirdi.
Rossiya hokimiyati fevral oyidan beri Telegramʼni mamlakat içida bloklaşga bölgan urinişlarni kuçaytirdi. RBK va The Bell naşrlari manbalariga tayanib yozişiça, messenjerni aprel boşida töliq bloklaş rejalaştirilgan.
Telegram Ukrainadagi frontda rossiyalik harbiylar uçun asosiy aloqa vositalaridan biri hisoblanadi. Fevral örtalarida Rossiya raqamli rivojlaniş vaziri Maksut Şadayev hozirça hukumat Telegramʼning frontdagi işini çeklaşni rejalaştirmayotganini aytgan edi. RBK manbalari ham Rossiya hududida töliq blokirovka qilinganidan keyin ham messenjer jangovar hududda işlaşda davom etişini tasdiqlagan.












