Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi xabar berişiça, Dilafröz Çölliyevaning jasadi Özbekistonga qaytarilgan. Idora marhuma haqida ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlanmagan va örganilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni söradi.

Bedarak yöqolgan ayol

Dilafröz Çölliyeva 2026 yil 25 yanvar kuni Turkiyaning Balikesir hududidagi iş joyidan noma’lum tomonga çiqib ketgan va bedarak yöqolgan. Uning öğli Özbekiston Taşqi işlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali murojaat yöllagan.

Murojaatdan söng Özbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan Turkiya Taşqi işlar vazirligiga tegişli nota yuborilgan hamda Turkiya Içki işlar vazirligi Xavfsizlik boş boşqarmasi bilan hamkorlikda qidiruv işlari yölga qöyilgan.

Anqaradagi Elçixona va Istanbuldagi Boş konsulxona, diaspora taşkilotlari, advokatlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan qidiruv işlari olib borilgan.

Örmondan topilgan jasad

2026 yil 28 fevral kuni Balikesir tumanidagi örmon hududidan şaxsi noma’lum jasad topilgan.

Jasad uzoq vaqt davomida qolib ketganligi sababli taşqi körinişidan aniqlaş imkoni bölmagan. Şu bois topilgan jasad va marhumaning öğlidan qon namunalarini oliş orqali tibbiy soliştiruv tekşiruvlari ötkazilgan. Natijada jasad Dilafruz Çölliyevaga tegişli ekani tasdiqlangan.

Gumondorlar bor

Mazkur jinoyatni sodir etişda gumonlanib 4 kişi qölga olingan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kun.uz Turkiyada Dilafröz Çölliyevaning jasadi topilgani haqida xabar bergandi. Avvalroq esa Istanbulda özbekistonlik Durdona Hakimova va Sayyora Ergaşaliyeva ham qotillik qurboniga aylangandi.