AQŞ 12 martga qadar kemalarga yuklangan Rossiya nefti va neft mahsulotlarini sotişni 11 aprelgaça sanksiyalardan çiqardi. Tegişli bitimlarni amalga oşirişga imkon beruvçi litsenziya 12 mart, payşanba kuni mamlakat Moliya vazirligi saytida e’lon qilindi.
Idora rahbari Skott Bessent vaqtinçalik çorani AQŞ va Isroilning Eron bilan uruşi hamda Hörmuz böğozining yopilişi ortidan global energetika bozorlarini barqarorlaştiriş zarurati bilan izohladi.
Bessentning ta’kidlaşiça, ruxsat faqat allaqaçon yölga çiqqan xom neftga taalluqli bölib, Rossiyaga “sezilarli foyda” keltirmaydi. Bu bir oy içida berilgan ikkinçi şunday istisnodir. 5 mart kuni AQŞ Hindistonga ham tankerlarga yuklangan Rossiya neftini sotib olişga ruxsat bergandi. Şu bilan birga, 30 dan ortiq davlat 172 million barrel miqdorida strategik zaxiralarni bozorga çiqardi. Biroq uruş fonida “qora oltin” bahosi baribir bir barrel uçun 100 dollardan oşdi.
Narxlarning qimmatlaşişiga Hörmuz böğozining bloklanişi jiddiy ta’sir qilyapti. Mazkur böğoz orqali dunyo neftining qariyb 20 foizi ötadi. Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi AQŞ va Isroil zarbalari töxtamagunça yetkazib berişlarga yöl qöymasligini ma’lum qildi. Xalqaro energetika agentligi bu holatni tarixdagi eng yirik energiya ta’minoti uzilişlaridan biri deb atadi.
Hozir dengizda taxminan 124 million barrel Rossiya nefti bor. Ekspertlar ta’kidlaşiça, AQŞ bergan litsenziya böğozdagi uzilişlarni hisobga olganda atigi 5-6 kunlik ta’minotni qoplay oladi. Şu bilan birga, Rossiya har kuni qöşimça ravişda 150 million dollargaça daromad olmoqda, mart oyi oxiriga borib bu summa 3,3-4,9 milliard dollarga yetişi mumkin.
Oq uydagilar neft narxlarining keskin oşişi noyabr oyida bölib ötadigan oraliq saylovlar oldidan amerikalik iste’molçilar va biznesga zarba berişidan xavotirlanyapti. Benzinning örtaça narxi bir gallon uçun 3,6 dollarga yetdi — bu ikki hafta oldingiga nisbatan 53 sentga qimmat. Federal statistika esa iş örinlari kamayib, işsizlik darajasi 4,4 foizgaça oşganini ma’lum qildi.













