Ukraina Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasiga xizmat qilayotgan Rossiya va Eron kompaniyalari hamda fuqarolariga, şuningdek, Rossiyaning tajovuzini oqlayotgan rossiyalik paralimpiyaçilarga qarşi yangi sanksiyalar joriy qildi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi (MXMK)ning tegişli qarorlarini öz farmonlari bilan kuçga kiritdi. Bu haqda 15 mart, yakşanba kuni uning ofisi xabar berdi.

Sanksiya röyxatiga Ukraina harbiy-sanoat majmuasi bilan boğlaydigan 130 nafar jismoniy va 48 nafar yuridik şaxs kiritildi. Ular orasida Rossiya dronlari, qanotli va ballistik raketalari, boşqariladigan öq-dorilari hamda samolyotlarida qöllanadigan “Kometa” seriyasidagi sun’iy yöldoş navigatsiya uskunalari işlab çiqariş uçun butlovçi qismlar yetkazib berişga aloqador kompaniyalar ham bor. Çeklov çoralari, şuningdek, “Oreşnik” raketa majmuasi işlab çiqarişida iştirok etayotgan korxonalarga ham nisbatan qöllandi.

Bundan taşqari, röyxatga Eron dronlari va raketalarini işlab çiqariş bilan boğliq kompaniyalar va fuqarolar, şuningdek, Rossiya hududida Shahed dronlarini işlab çiqarişni yölga qöyiş va kengaytirişga yordam bergan şaxslar ham kiritildi. Kiyev ma’lumotlariga köra, uşbu dronlar bilan Ukraina şaharlari va energetika obektlariga hujum qilgan Rossiya operatorlarini tayyorlagan eronlik instruktorlar ham sanksiyalar ostiga olingan.

Prezidentning sanksiya siyosati masalalari böyiça vakili Vladislav Vlasyuk Rossiya va Eron harbiy-sanoat majmualari allaqaçon özaro uzviy boğlanib ketganini ta’kidladi.

“Uşbu sanksiya paketi bilan biz Ukrainaga qarşi Rossiya va köplab mamlakatlarga qarşi Eron hujumlarida qöllanayotgan zarba vositalarini işlab çiqarişga jalb etilgan asosiy iştirokçilarni körsatmoqdamiz. Dunyo bu ta’minot zanjirlarini, jumladan, muhim butlovçi qismlar yetkazib beriş yöllarini uziş va bu hamkorlikka samarali qarşi turiş uçun ança köproq iş qilişi kerak”, — dedi u.

Çeklov çoralari joriy etilgan rossiyalik paralimpiyaçilar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida iştirok etgan, Rossiya tarğibotini tarqatgan va sport tadbirlaridan Rossiya jinoyatlari hamda bosib oliş siyosatini oqlaş maydoni sifatida foydalangan, deyiladi Zelenskiy ofisi saytida.

Röyxatga quyidagilar kiritilgan: Nikolay Bondarenko, Anton Buşmakin, Rinat Vasilev, Tsiden Geninov, Denis Işbulatov, Rostislav Kostenko, Rustam Sayfullin, Ruslan Ustyujin, Vladislav Şinkar, Ivan Şiryayev.