Yevropa Ittifoqi AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi ortidan kelib çiqqan energiya taşuvçilar ta’minoti inqiroziga qaramay, Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gazi (SPG) importidan 2026 yil oxirigaça töliq voz keçiş niyatida. Bu haqda 20 mart, jumaga ötar keçasi YeI sammiti yakunlari böyiça matbuot anjumanida Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi. Uning sözlarini The Financial Times (FT) naşri keltirgan.

“Bizning aniq maqsadlarimiz bor va biz ularga amal qilamiz”, — dedi fon der Lyayyen Rossiyadan STG importini töxtatiş muddatini Qatardagi işlab çiqariş quvvatlariga zarar yetgani va global ta’minot uzilişi tufayli keçiktiriş ehtimoli haqidagi savolga javoban.

“Biz örta va uzoq muddatli istiqbolda reja böyiça harakat qilyapmiz, bizning maqsadlarimiz juda aniq”, — deya davom etdi siyosatçi.

18 mart kuni Eron axborot agentliklari Isroil Islom Respublikasining Fors körfazi sohilida joylaşgan gaz sanoati obektlariga hujum qilgani haqida xabar berdi. Jumladan, dunyodagi eng yirik gaz koni hisoblangan “Janubiy Pars” koni ham zarba ostida qolgan. Tehron bu konni Qatar bilan bölişadi.

Şundan söng, 19 martga ötar keçasi Qatardagi Ras-Laffan sanoat hududida joylaşgan dunyoning eng yirik neft-gaz majmualaridan biri Eronning ballistik raketalari zarbasiga uçradi. Reuters agentligi esa QatarEnergy boş direktori va Qatar energetika vaziri Saad al-Kaabiyga tayanib yozişiça, hujumlar oqibatida mamlakatning STG işlab çiqariş böyiça eksport quvvatlarining 17 foizi işdan çiqqan.

Al-Kaabiyning sözlariga köra, 14 ta STG zavodidan ikkitasi va gazni suyuq yonilğiga qayta işlaydigan ikkita korxonadan bittasi şikastlangan. Uning qöşimça qilişiça, bu Yevropa va Osiyoga yetkazib beriş uçun xavf tuğdiradi.