«Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temir yölini 2030 yilda işga tuşiriş rejalaştirilmoqda, bu haqda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Navröz bayramiga bağişlangan tadbirda aytdi.

«Agar hozir Yevropa va Xitoy örtasidagi «boşi berk» mamlakatda yaşayotgan bölsak, Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston temir yöli qurilişi yakunlanişi bilan biz tranzit davlatiga aylanamiz», dedi u.

Davlat rahbari sözlariga köra, uşbu keng kölamli loyihaning amalga oşirilişi yangi tranzit aloqalarini oçadi va mintaqaning xalqaro ahamiyatini oşiradi. Qirğizistonda yuklarni yetkazib beriş vaqti sezilarli darajada qisqaradi, bu esa yangi bozorlarga çiqiş uçun keng imkoniyatlar yaratadi. Temir yöl tarmoğining rivojlanişi içki aloqalarni mustahkamlab, sanoat, qişloq xöjaligi va turizmga kuçli turtki beradi.

«Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston» temir yöli qurilişi mintaqadagi texnik va muhandislik jihatdan eng murakkab loyihalardan biridir. Uning qurilişi doirasida umumiy uzunligi 120 kilometr bölgan 50 ta köprik va 29 ta tunnel qurilişi közda tutilgan. Bu - jami yölning qariyb 40 foizi tunnel va köpriklar orqali ötadi, degani. Qirğiziston hududida temir yölning umumiy uzunligi 304 kilometrni taşkil etadi.

Temir yöl loyihasining umumiy qiymati 4,7 milliard dollarga baholanmoqda. Uşbu mablağning yarmi – taxminan 2,3 milliard dollar Xitoy tomonidan Qöşma loyiha kompaniyasiga 35 yil muddatga kredit sifatida taqdim etiladi. Qolgan 2,3 milliard dollar uç davlat tomonidan kompaniya ustav kapitaliga quyidagiça nisbatda kiritiladi: Xitoy - 51 foiz, Qirğiziston va Özbekiston - har biri 24,5 foizdan.