Toşkent viloyati Böstonliq tumanida “Nexia-2” rusumli avtomobil yonib ketdi.
Toşkent viloyati FVBB matbuot xizmati xabariga köra, hodisa 21 mart kuni sodir bölgan.
Soat 11:48 da viloyat FVBBga tumandagi Özgariş köçasida “Nexia-2” rusumli avtomobilda yonğin sodir bölganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.
Qutqaruv bölinmalari voqea joyiga soat 11:53 da yetib borgan, yonğin 11:56 da bartaraf etilgan.
“Hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq. Ayni paytda yonğin sababi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

















