Rossiya Tergov qömitasining (SK) mintaqaviy boşqarmasi ma’lumotlariga köra, 2012 yil noyabr oyida Topolevo qişloğidagi xususiy uyda keksa ayolning jasadi topilgan. Uning tanasida köplab jarohatlar bor edi. U qişda heç kim yaşamayotgan uyini tekşiriş va isitiş uçun borgan.

Jinoyat joyida tergovçilar jabrlanuvçining qöllari boğlangan skotç va konfet qoğozini topdi, ammo bu dalillar aybdorni aniqlaşga yordam bermadi. Oradan yillar ötib, jinoyatçi tomonidan qoğoz öramda qoldirilgan biologik material böyiça qayta genotiposkopik ekspertiza ötkazildi. Uning natijalari, şuningdek, köplab guvohlarni söroq qilinişi jinoyatçining şaxsini aniqlaşga yordam berdi.

U ayolning uyida ta’mirlaş işlarini olib borgan 35 yoşli Özbekiston fuqarosi bölib çiqdi. Taxminlarga köra, erkak ta’mirlaş işlari tugaganidan söng, ayolning uyida yaşirinça yaşagan. Tösatdan kelgan uy bekasi uni qörqitib yuborgan va u undan qutulişga qaror qilgan. Erkak ilgari ham bosqinçilik hujumi uçun sudlangan.

Rossiya sudi uni sirtdan 13 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U xalqaro qidiruvga berildi.