Ötgan dam oliş kunlarida Tramp va uning ma’muriyatiga qarşi AQŞ böylab juda keng kölamli norozilik namoyişlari ötkazildi. Turli manbalarga köra, bu çiqişlarda kamida 8-9 milliongaça odam qatnaşgan. Köçaga çiqqanlar Tramp, uning qarorlari, uruş, yaşaş narxining qimmatlab ketgani va ICE, ya’ni immigratsiya xizmatiga qarşi çaqiriqlar bilan namoyon bölişdi.
“No kings”, ya’ni “Qirollarga yöq” jumlasi bilan namoyişçilar Amerika qirollarga xos bunday boşqaruvni qabul qilolmasligini aytmoqçi böldi. Bu birinçi marta emas, Tramp hokimiyatga kelganidan beri uçinçi marta bunday çiqişlar bilan ommaviy norozilik namoyişlari ötkazilmoqda.
“Tramp bizni zolim sifatida boşqarmoqçi. Lekin bu Amerika va hokimiyat xalqqa tegişli – qirol bölişni istaganlarga yoki ularning milliarder döstlariga emas”, deydi namoyiş taşkilotçilari.
Oq uy vakili norozilik çiqişlarini “Trampning ruhiy tuşkunlik terapiyasi sessiyalari” deb atadi va “faqat ularni yoritiş uçun sotib olingan muxbirlar” bunga ahamiyat berişini aytdi.
Şanba kuni kun davomida AQŞning deyarli barça yirik şaharlaridan taşqari Parij va Londonda ham ayni mavzudagi norozilik çiqişlari bölib ötgan – kunduzi Vaşington şahar markazidagi köçalarda mitinglar bölib ötdi, mamlakat poytaxti böylab odamlar olomon yuriş qildi. Namoyişçilar Linkoln memoriali zinapoyalari oldida saf tortib, Natioanl Mall’ni töldirib yuborgan.
Avvalgi namoyişlarda bölgani kabi bu gal ham köçaga çiqqanlar qölida Tramp, vitse-prezident Vens va ma’muriyatdagi boşqa amaldorlarning karikaturalari, ularni masxara qiluvçi plakat va rasmlar, haykalçalarni kötarib olişgandi. Ularning aksariyatida Tramp va Vens qamoqqa olinişi, lavozimidan çetlatilişi talab qilingan.
Şu yilning yanvar oyida ikki amerikalik – Rene Nikol Gud va Aleks Prettining ICE tomonidan otib öldirilişi namoyişlarni migratsiya xizmatiga qarşi ham alanga olişiga sabab böldi, deb yozadi BBC. Ularning ölimi Tramp ma’muriyatining immigratsiya taktikasiga qarşi norozilik namoyişlariga va butun mamlakat böylab noroziliklarga olib kelgan, deya qöşimça qildi uşbu naşr.
Nyu Yorkdagi Times Square’da ham minglab odamlar Manhettenning Midtaun mahallasi böylab yuriş qilişdi. Politsiya olomon uçun yöl oçiş maqsadida odatda gavjum bölgan köçalarni yopişga majbur böldi.
Nyu York şahridagi norozilik namoyişida iştirok etgan aktyor va rejissyor Robert De Niro BBC muxbiriga Trampga qarşi norozilik bildiriş zarurligini aytgan.
“Menimça, köproq odamlar bu odam bilan vaziyat kundan kunga yomonlaşib borayotganini körişni boşladi. Endi biz uruşdamiz. Keyingi narsa, u yerga qöşinlarni qöyadi. Çunki u aqldan ozgan. Biz unga, rejimga qarşi turişimiz, hamma narsa bilan kuraşişimiz kerak. Biz şunçaki tinç yöl bilan kuraşişimiz kerak, lekin qarşilik körsatişimiz şart. Bundan boşqa çoramiz yöq”, - deydi aktyor.
Tramp siyosiy faoliyati davomida aktyor De Niro bilan tez-tez töqnaş kelgan, ötgan oy taniqli aktyorni prezident “kasal va aqldan ozgan odam”, “nihoyatda past IQʼga ega” deb atagandi.
“De Niro nima qilayotganini yoki nima deyayotganini mutlaqo bilmaydi – ularning ba’zilari jiddiy JINOYaT!” deb yozgan Tramp özining Truth Social ijtimoiy media platformasida.
Nyu York politsiya boşqarmasi oktyabr oyida bölib ötgan sönggi “Qirollarga yöq” norozilik namoyişida şaharning beşta tumanida 100 mingdan ortiq odam töplanganini ma’lum qildi.
Norozilik namoyişlari tartibsizliklarsiz ötmaydi, albatta. Los-Anjyelesda ikki kişi federal huquqni muhofaza qiliş organlariga hujum qilgani uçun hibsga olindi, deb xabar beradi Içki xavfsizlik departamenti.
Reuters agentligining xabar berişiça, Dallasda ham namoyişçilarni hibsga olişgan, aksil-namoyişçilar köçalarni tösib, “Qirollarga yöq” yurişini buzganidan keyin “kiçik janjallar” boşlangan.
Xorijdagi amerikalik muhojirlar ham Parij, London va Lissabon kabi şaharlarda norozilik namoyişlari uçun töplandi.
AQŞning bir neçta ştatlari Milliy gvardiyani safarbar qilgan, ammo taşkilotçilar tadbir tinç ötganini ta’kidlamoqda.
Eslatib ötamiz, 2025 yil yanvar oyida Oq uyga qaytganidan beri Tramp prezidentlik vakolatlari doirasini kengaytirdi, federal hukumatning ayrim qismlarini demontaj qiliş uçun ijro buyruqlaridan foydalandi va ştat gubernatorlarining e’tirozlariga qaramay, AQŞ şaharlariga Milliy gvardiya qöşinlarini joylaştirdi.
Prezident, şuningdek, ma’muriyatning yuqori lavozimli huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarini özining siyosiy duşmanlari deb hisoblanganlarni javobgarlikka tortişga çaqirdi.
Prezident öz harakatlari inqirozga yuz tutgan mamlakatni qayta tiklaş uçun zarurligini aytadi va özini diktator kabi tutayotgani haqidagi ayblovlarni rad etib keladi. “Ular meni qirol deb atamoqda. Men qirol emasman”, degandi u oktyabr oyida Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Ammo tanqidçilar uning ma’muriyati ba’zi harakatlari konstitutsiyaga zid va Amerika demokratiyasiga tahdid ekani haqida ogohlantirmoqda.











