Prezident Şavkat Mirziyoyev geologiya sohasi xodimlariga bayram tabrigi yölladi.
“Uşbu quvonçli ayyomda sizlarning murakkab tabiiy şaroitlarda fidokorona mehnat qilib, yangi-yangi konlar, mineral xomaşyo manbalarini topiş, ularni mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yölida işlatiş borasidagi ulkan xizmatlaringizni yana bir bor minnatdorlik bilan e’tirof etamiz”, deyiladi tabrikda.
Tabrikda qayd etilişiça, Özbekistonda umumiy bahosi taxminan 3 trillion dollarga teng 2 ming 500 dan ortiq kon va 3 mingdan ziyod istiqbolli maydonlar aniqlangan.
“Keyingi yillarda ana şu zaxiralarni özlaştiriş va şu asosda iqtisodiyotimiz rivojiga qudratli turtki beriş böyiça katta işlarni amalga oşirmoqdamiz. Jumladan, sohaga xalqaro standartlar joriy etilib, investitsiyaviy jozibadorlik oşirilmoqda, oltin, kumuş, mis, uran, uglevodorod konlari va maydonlari xorijiy sarmoyadorlar uçun ham taqdim etilmoqda, soliq stavkalari pasaytirilmoqda. Şu bois dunyodagi eng nufuzli kompaniyalar mamlakatimizga faol investitsiya kiritmoqda. Hozirgi vaqtda ular bilan hamkorlikda umumiy qiymati 30 milliard 700 million dollar bölgan 90 ta loyiha amalga oşirilayotgani diqqatga sazovordir. Bugungi kunga qadar 1 ming 458 ta foydali qazilma obekti onlayn auksion orqali sotildi. Buning hisobidan davlat budjetiga 1 trillion sömdan ziyod mablağ tuşdi, 100 mingga yaqin yuqori daromadli yangi iş örinlari yaratildi.
Sönggi ön yilda davlat budjetidan 8 trillion 200 milliard söm mablağ yönaltirilgani 2 mingga yaqin texnika va texnologiyalarni joriy etiş, geologiya-qidiruv uskunalarini 70 foiz yangilaş imkonini berdi.
Mamlakatimizda vertolyot va dronlar yordamida aerogeofizika işlari yölga qöyilgani, zamonaviy 3 D ölçamli seysmik kompleks işga tuşirilib, yer qa’rini 9 kilometrgaça çuqurlikda geofizik örganiş imkoniyati yaratilgani soha rivojida yangi davr boşlanganidan dalolat beradi”, deyiladi prezident tabrigida.
Qayd etilişiça, sohada raqobat va şaffoflik muhiti şakllanmoqda. Uzoq yillar davomida e’tibordan çetda qolgan milliy geologiya maktabi va ta’lim tizimi qayta tiklandi, zamonaviy talablarga mos bölgan Geologiya fanlari universiteti taşkil etildi. Ilğor xorijiy maktablarning ilmiy salohiyatidan foydalaniş va innovatsion texnologiyalarni qöllaş maqsadida Kompetensiyalar markazi faoliyati yölga qöyildi.
“Ana şunday keng kölamli işlarimiz tufayli 2016-2025 yillarda 1 ming 900 dan ziyod yangi konlar oçildi. Agar 2016 yilda tasdiqlangan uran zaxiralarimiz 97 ming tonnani taşkil etgan bölsa, ötgan davrda yana 16 ta yangi kon aniqlanib, zaxira 140 ming tonnaga yetkazildi.
Yaqinda Olmaliqda yiliga 60 million tonna rudani qayta işlaş quvvatiga ega bölgan yangi mis boyitiş fabrikasini işga tuşirdik.
Heç şubhasiz, bunda ham siz, zahmatkaş geologlarning alohida xizmatlaringiz borligini, ana şu megaloyiha natijasida 6 mingdan ortiq yuqori daromadli iş örni yaratilgani, korxona hisobiga yiliga 5 milliard dollar mablağ kelib tuşişini alohida ta’kidlab ötmoqçiman.
Biz “Özbekiston – 2030” strategiyasida geologiya sohasini yanada rivojlantiriş böyiça ham kelgusi vazifalarni aniq belgilab oldik. Yurtimizning mineral xomaşyoga boy, istiqbolli hududlarini geologik jihatdan örganişni kengaytiriş, oltin işlab çiqarişni – 1,5 barobar, kumuşni – 3 karra, misni – 3,5 marta, uran, temir va kömirni – 3 hissa oşirişni maqsad qilganmiz.
Siz, jonkuyar va matonatli geologlarning katta bilim va tajribangiz, mustahkam iroda va mehnatsevarlik fazilatlaringiz hisobidan bu yuksak marralarga albatta erişamiz, deb işonaman.
Soha xodimlarining mehnat va turmuş şaroitlarini yaxşilaş, ularning maşaqqatli faoliyatini munosib rağbatlantiriş masalalari bundan buyon ham doimo e’tiborimiz markazida böladi.
Sizlarni bugungi qutluğ ayyom bilan yana bir bor çin dildan qutlab, barçangizga sihat-salomatlik, şarafli işlaringizda yangi yutuq va omadlar, xonadonlaringizga tinçlik va farovonlik tilayman”, deyilgan prezidentning geologiya sohasi xodimlariga tabrigida.












