
Foto: Anadolu Agency
Amerika vaqti bilan 7 aprel kuni AQŞ va Eron 2 haftalik sulhga kelişdi. Reuters naşri qariyb 40 kunlik uruş davomida Yaqin Şarq böylab xabar qilingan qurbonlar soni haqidagi sönggi ma’lumotlarni jamladi. Qayd etiş lozimki, mojarolar davrida hukumatlar va turli guruhlar taqdim qilgan ma’lumotlarni mustaqil ravişda tasdiqlaş imkonsiz.
Eron
AQŞda joylaşgan HRANA huquqni muhofaza qiliş guruhi uruş boşlanganidan beri Eronda 3 636 kişi halok bölganini ma’lum qildi. Qayd etilişiça, ulardan 1 701 nafari tinç aholi, jumladan, kamida 254 nafari bolalardir.
Guruhning bildirişiça, ma’lumotlar joylardagi hisobotlar, mahalliy aloqalar, tibbiy va favqulodda yordam manbalari, fuqarolik jamiyati tarmoqlari, oçiq manbalar va rasmiy bayonotlardan olingan.
Xalqaro Qizil Xoç va Qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasi esa AQŞ va Isroilning Eronga bergan zarbalari natijasida hozirgaça kamida 1 900 kişi halok bölgani, 20 000 kişi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Uşbu raqamlarga 4 mart kuni Şri-Lanka yaqinida AQŞ hujumi oqibatida Eron kemasida halok bölgan 104 nafar harbiy kiritilganmi yoki yöqmi, hozirça aniq emas.
Livan
Livan rasmiylarining ma’lum qilişiça, 2 martdan buyon Isroil zarbalari oqibatida 1 530 kişi, jumladan, kamida 129 nafar bola halok bölgan.
Şuningdek, Isroil bilan yangi uruş boşlaganidan beri «Hizbulloh»ning 400 dan ortiq jangçisi halok böldi, deb ma’lum qildi guruh hisob-kitobidan xabardor ikki manba Reutersʼga. Rasmiylar xabar qilgan 1,5 ming kişilik qurbonlar soniga uşbu jangçilar kiritilganmi yoki yöqmi, noma’lum.
Bundan taşqari, Isroilning zarbalari oqibatida Livan armiyasining kamida 10 nafar askari ham halok bölgan. Talafotlarning aksariyati Livan janubida qayd etilgan.

Şu bilan birga, Livan janubidagi ikki alohida hodisada BMTning Indoneziyadan bölgan 3 nafar tinçlikparvar xodimi halok böldi: biri yöl çetidagi portlaşdan, ikkinçisi esa snaryad tegişi natijasida.
Iroq
Iroq soğliqni saqlaş idoralari ma’lumotlariga köra, inqiroz boşlanganidan beri kamida 117 kişi halok bölgan. Ular orasida tinç aholi vakillari, Eronga aloqador şia xalq köngilli kuçlari a’zolari, AQŞ ittifoqçisi bölgan kurd jangçilari, politsiya va armiya xodimlari bor.
Iroq port xavfsizligi rasmiylariga köra, tankerlarga qilingan hujum natijasida xorijiy ekipajning bir nafar a’zosi ham halok bölgan.
Isroil

AQŞ bilan Eronga qarşi uruş boşlagan Isroil ham yöqotişlarga uçramoqda. Xususan, Isroil tez yordam xizmati ma’lumotlariga köra, Eron va Livandan javob tariqasida uçirilgan raketalar oqibatida Isroilda 23 kişi halok böldi. Şuningdek, Livan janubida Isroilning 11 nafar askari ham öldirildi.
Bundan taşqari, 22 mart kuni Isroil kuçlari xato öq uzişi natijasida Livan bilan çegara yaqinida bir nafar isroillik fermer halok böldi.
Amerika Qöşma Ştatlari
39 kunlik uruş davomida AQŞ Markaziy qömondonligi 13 nafar harbiy xizmatçi halok bölganini va 300 dan ortiği yaralanganini ma’lum qildi.

AQŞ harbiylarining bildirişiça, Iroq uzra AQŞ harbiy yonilği quyiş samolyoti halokatga uçraşi oqibatida olti kişi ölgani tasdiqlangan. Yana yetti kişi Eronga qarşi operatsiyalar davomida janglarda halok bölgan.
Birlaşgan Arab Amirliklari
BAA rasmiylariga köra, Eron hujumlari oqibatida 12 kişi halok bölgan, jumladan, ikki nafar harbiy xizmatçi ham. Oxirgi ölim holati tutib qolingan raketa qoldiqlari Abu-Dabining Habşan gaz inşootlariga tuşişi tufayli sodir böldi.
Qatar
Qatar Mudofaa vazirligiga köra, 22 mart kuni Qatar hududiy suvlarida «muntazam xizmat» vaqtida yuz bergan texnik nosozlik natijasida vertolyot halokatga uçrab, yetti kişi halok bölgan. Boşqa tafsilotlar berilmadi.
Halok bölganlarning tört nafari Qatar qurolli kuçlari xodimi, biri Qatar–Turkiya qöşma kuçlarining turkiyalik harbiy xizmatçisi. Şuningdek, yana ikki kişi Turkiyaning Aselsan mudofaa kompaniyasi texnik xodimlari bölgan.
Kuvayt
Amirlik mojaro davomida 7 kişi halok bölganini xabar qildi. Jumladan, Eron hujumlarida ölgan uç fuqaro, içki işlar vazirligining ikki xodimi va ikki nafar askar.
Falastin – Ğarbiy sohil
Isroil tomonidan bosib olingan Ğarbiy sohilda Eron raketalari qulaşi natijasida tört nafar falastinlik ayol halok böldi.
Suriya
Sönggi yillarda Yaqin Şarqdagi eng qaynoq nuqta bölgan Suriya bu safar uruşga aralaşişdan tiyilmoqda. SANA davlat axborot agentligiga köra, uruşning ilk kuni – 28 fevralda Eron raketasi janubdagi Suveyda şahridagi binoga tuşgan. Natijada tört kişi halok böldi.

Bahrayn
Bahrayn içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, Eronning alohida hujumlarida ikki kişi halok bölgan. Ulardan oxirgisi poytaxt Manamadagi turar joy binosiga zarba berilganida sodir bölgan.
Bundan taşqari, BAA Mudofaa vazirligi 24 mart kuni Bahrayndagi fuqarolik pudratçilaridan biri Eron hujumi oqibatida halok bölganini ma’lum qildi. Pudratçi Marokaş fuqarosi bölgan.
Ummon
AQŞ va Eron örtasidagi vositaçilik muzokaralariga mezbonlik qilayotgan Ummonning Soxar provinsiyasidagi sanoat zonasiga 13 mart kuni Eron droni kelib tuşdi. Natijada ikki kişi halok bölgani xabar qilindi. Avvalroq Maskat qirğoqlari yaqinida tankerga snaryad tegişi oqibatida bir kişi halok bölgandi.
Saudiya Arabistoni
Eron Saudiya böylab önlab raketa va dronlar uçirdi. Iqtisodiy zarar katta bölsa-da, qurbonlar soni köp bölmadi. Xususan, Ar-Riyoddan janubi-şarqda joylaşgan Al-Xarjdagi turar joy binosiga snaryad tuşişi oqibatida ikki kişi halok böldi.
Fransiya
Iroq şimolidagi fransuz askarlari aksilterror tayyorgarligini ötayotgan bazaga dron hujumi uyuştirilişi oqibatida bir nafar askar halok böldi. Şuningdek olti nafar harbiy yaralandi.












