Qaşqadaryoda 3 yoşli qizaloqning ölimiga sababçi bölgan boğça rahbari jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmiga köra, Aziz Oçilov 2023-yil 13-dekabrda otasi nomiga oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotini oçib, amalda uni özi boşqarib kelgan. Boğçada 2 ta guruhga 50 nafar tarbiyalanuvçi qabul qilingan.
Aziz Oçilov bolalarni öziga tegişli Kia Carnival maşinasida uylaridan boğçaga va boğçadan uylariga taşigan. 2026-yil 4-iyun kuni ertalab bolalarni boğçaga olib kelgan va maşinadan tuşirib, tarbiyaçiga topşirgan. Söngra maşinani qulflab ketgan. Biroq 2023-yilda tuğilgan Madina Zayniddinova maşina salonida qolgan.
Soatlar davomida yopiq salonda qolgan qizaloq vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga köra, uning ölimi organizmning umumiy qizib ketişi natijasida yuzaga kelgan ötkir yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligi oqibatida sodir bölgan.
Aziz Oçilov sudda aybiga iqror bölib, maşinadan tuşirişda bolalarni sanamaganini aytgan.
“Bolalarni boğçaga olib kelib, tuşirib, tarbiyaçiga topşirdim. Maşinaga qaragan vaqtimda boşqa bola körinmadi. Şu sababli, maşinani qulflab, özim işga ketdim. Soat 16:00 atrofida turmuş örtoğim qönğiroq qilib, qizaloq boğçada yöqligini aytdi. Hammasi yugurib tuşib ketgani uçun bolalarni sanamagandim”, degan sudlanuvçi öz körsatmasida.
Şundan söng Aziz Oçilov boğçaga yetib borgan. Bu paytda qizaloqqa tez tibbiy yordam xodimlari yordam körsatayotgan bölgan. Keyin bolani şifoxonaga olib borişgan. Biroq şifokorlar qizaloq vafot etganini aytişgan.
Bundan taşqari, boğça faoliyati örganilganida moliyaviy qonunbuzilişlar ham aniqlangan.
JIB Kitob tuman sudi hukmi bilan Aziz Oçilov Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi, 167-moddasi 2-qismi “b, v, g” bandlari (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi (hujjatlarni qalbakilaştiriş va ulardan foydalaniş) bilan aybdor deb topilgan. Unga 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarda ötaşi belgilangan.
Kun.uz uşbu holat yuzasidan suriştiruv ötkazgandi













