Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 8 aprel kuni Nomzodlar turnirining 9-turida qora donalarda öynab, germaniyalik Mattias Blyubaum bilan durang qayd etdi.
Sindorov debyutda katta ustunlikka ega böldi, biroq 25-yurişga kelib kompyuter Javohirning ğalaba qozoniş imkoniyatini 4 ballga baholayotgandi. Ammo, aynan 25-yurişda Sindorov farzin b7 yurişini körmay qoldi. Oqibatda farzinlar va ba’zi yengil sipohlar almaşib, partiya teng endşpilga ötdi va durang bilan yakunlandi.
Qatorasiga ikkinçi turda yuta olmaganiga qaramay, Javohir Sindorov 7 oçko bilan peşqadamlikni saqlab qolmoqda.

Bu tur doirasida 4,5 oçko bilan 2 va 3-örinni egallab turgan Fabiano Karuana va Aniş Giri örtasida keçgan töqnaşuvda niderlandiyalik şaxmatçining qöli baland keldi. Natija Giri 5,5 oçko töplagan holda Sindorov bilan oradagi farqni 1,5 oçkoga qisqartirdi.

Sindorov bugun 10-partiyani oq donalarda hindistonlik Rameşbabu Praggnanandhaga qarşi ötkazadi.

Sindorov navbatdagi durangdan keyingi intervyusida aytişiça, qaroriga turnir jadvalidagi holati va yanada işonçliroq öynaş istagi ta’sir qilgan. U turnir boşida bölganida köproq jasorat körsatgan bölişi mumkinligini bildirdi.
«Menimça, biz birinçi turda öynaganimizda, bu yölni topgan bölardim. Ammo bugun iloji boriça puxta öynaşga harakat qildim. Endşpilda şunçaki bitta piyoda yutib oldim va şu ruhda davom etmoqçi edim, lekin uning f5 yurişini butunlay közdan qoçiribman. Bu yuriş juda kuçli bölib çiqdi», – dedi Sindorov Chess24’ga bergan intervyusida.












