Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 9 aprel kuni Nomzodlar turnirining 10-turida oq donalarda öynab, hindistonlik Rameşbabu Pragnanandhani mağlub etişga muvaffaq böldi.
Şu tariqa, Sindorov turnir davomida Pragnanandhani ikkinçi bor mağlub etdi – birinçi davrada ham u qora donalarda öynab, hind şaxmatçisidan ustun kelgandi.
Özbekistonlik şaxmatçi uşbu turda qayd etilgan natijalar tufayli turnir jadvalidagi peşqadamligini yanada mustahkamlab oldi. Uning asosiy ta’qibçisi bölgan Aniş Giri Hikaru Nakamura bilan durang qayd etdi va endi Sindorovdan (8 oçko) 2 oçkoga ortda qolmoqda.

E’tiborli tomoni, u qolgan tört partiyaning barçasida durang qayd etgan taqdirda ham birinçi örindan tuşib ketmaydi.

Bundan taşqari, özbekistonlik şaxmatçi uşbu ğalaba orqali Nomzodlar turnirining hozirgi formatida eng köp ğalabaga erişgan şaxmatçi sifatida rekord örnatdi, turnirda hozirgaça heç kim 6 marta ğalaba qozonmagandi.
Holbuki turnir yakuniga yana tört tur bor va u öz rekordini özi yangilaşi mumkin.
10 aprel turnirda dam oliş kuni böladi. 11-tur bahslari 11 aprel kuni bölib ötadi. Unda Sindorov qora donalarda Fabiano Karuanaga qarşi dona suradi.
Sindorovning keyingi raqiblari qatorida Karuanadan taşqari, Hikaru Nakamura, Aniş Giri va Vey I ham bor.
Nomzodlar turniri Kiprning Peyye şahrida ötkazilmoqda. Musobaqa ğolibi 70 ming yevro mukofotni qölga kiritadi va şaxmat toji uçun amaldagi çempion hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi öynaş huquqini qölga kiritadi.












