«Hozirgi vunderkindlar 12-13 yoşda grossmeysterga aylanyapti. Ularning darajasini 15 yoşida grossmeyster bölgan Bobbi Fişer darajasiga tenglaştirgan bölardim.

Lekin deyarli tajribaga ega bölmagan turnirning eng yoş qatnaşçisi barça tajribali raqiblarini yengişi ajoyib. Men Sindorov-Karlsen bahsini jon deb tomoşa qilgan bölardim. Bu men uçun haqiqiy matç bölgan bölar edi», dedi u.

Ayni vaqtda Javohir qora donalar bilan Fabiano Karuanaga qarşi öynamoqda.

Sindorov Nomzodlar turnirida 8 oçko bilan yakka peşqadam bölib turibdi. Uning eng yaqin ta’qibçisi Aniş Giri bilan oradagi farq endi 2 oçkoni taşkil etmoqda va qolgan 4 turda bu farqni yöqqa çiqariş deyarli imkonsiz iş.

Bundan taşqari, özbekistonlik şaxmatçi Nomzodlar turnirida eng köp ğalabaga erişgan şaxmatçi sifatida rekord örnatdi, turnirda hozirgaça heç kim 6 marta ğalaba qozonmagandi.