Pokistondagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangaç, Donald Tramp Hörmuz böğozini blokada qiliş qarorini e’lon qildi. Rejaga köra, nazorat hududlari böğozga kiriş yölaklari hamda Eronning asosiy portlariga yönalgan dengiz qatnovini qamrab oladi. Undan taşqari, Qizil dengiz yönalişidagi Bab al-Mandeb böğozi ham xavfli nuqta sifatida tilga olinmoqda.
Professor Farhod Karimov Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida ehtimoliy blokada harakatlarini xaritalar uzra şarhlab berdi.
Tramp Hörmuz böğozini blokada qiliş niyatida, uşbu blokada qanday tartibda amalga oşiriladi va çeklovlar qaysi koordinatalarni qamrab oladi?
Farhod Karimov: Hörmuzda nazarda tutilayotgan çeklov koordinatalari asosan körfazning janubiy-şarqiy hududlariga töğri keladi. Avvalo, Hörmuz böğozining janubiy qismi, Birlaşgan Arab Amirliklarining ayrim hududlari hamda Ummonning şimoliy qirğoq mintaqalarini öz içiga oladi.
Unga köra, Fors körfazining janubiy-şarqiy qismi töliq nazorat ostiga olinişi rejalaştirilmoqda. Aynan şu hududlar kemalar kirib-çiqadigan yölaklar, ya’ni Hörmuz böğoziga kirişdan oldingi dengiz hududlari asosiy harbiy operatsiyalar va blokada amalga oşiriladigan zona sifatida qaralmoqda.
Şu bilan birga, böğozga kiriş nuqtalari hamda Ummon qirğoqlari yaqinida minalardan tozalaş va bloklaş işlari olib borilişi kutilmoqda.
Asosiy harbiy faoliyat esa Eron qirğoqlari, Hörmuz oroli va böğozga tutaş hududlarda jamlanişi taxmin qilinmoqda. Xususan, Qeşm va Larak orollari atrofida harbiy harakatlar ehtimoli yuqori deb baholanmoqda. Ayrim tahlillarga köra, Qatarda joylaşgan markaziy qömondonlik tomonidan körfaz içkarisida ham qöşimça operatsiyalar ötkazilişi mumkin. Bundan taşqari, masala faqat böğoz bilan çeklanmaydi.
Eronning ğarbiy hududlaridagi neft qazib oliş infratuzilmalari, qirğoqböyi portlari va eksport obektlarini ham nazoratga oliş va bloklaş ehtimoli mavjud. Ma’lumki, hozirgaça Hörmuz böğozi Eron tomonidan çeklab turilgan edi. Endilikda esa AQŞ muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini vaj qilib, böğozni ikki tomonlama bloklaşni rejalaştirayotgani aytilmoqda. Şu maqsadda Hind okeani yönalişida, xususan Janubi-Şarqiy Osiyo va Yaponiya hududlaridan aviataşuvçi kemalar, qöşimça harbiy kuçlar va taxminan 2700–3000 nafar dengiz piyodalari safarbar etilgan. Qöşimça aviatsiya kuçlari ham jalb qilingan bölib, bu harakatlar AQŞning beşinçi flotidan taşqari kuçlarni ham öz içiga oladi.
Natijada, Eronga yöl olgan har qanday kemani — u Xitoy, Hindiston yoki boşqa davlatlarga tegişli bölişidan qat’i nazar töxtatiş masalasi kun tartibiga çiqmoqda. Biroq bu çeklovlar faqat Eron portlariga, jumladan Bandar Abbos, Buşehr va boşqa içki portlarga yönaltirilgan kemalarga nisbatan qöllanadi. Arab davlatlariga tegişli yoki ularga yöl olgan kemalar bu doiraga kiritilmaydi. Şuningdek, oldindan Hörmuz orqali ötiş uçun tölov qilgan yoki Eron bilan savdo kelişuviga ega bölgan ayrim davlatlar kemalariga istisnolar berilişi mumkin. Masalan, Malayziya yoki boşqa hamkor davlatlar bunga kirişi ehtimoldan xoli emas.
Blokada nafaqat kiriş, balki çiqiş yönalişlariga ham tatbiq etiladi. Xususan, Bandar Abbos bilan bir qatorda Buşehr porti, Xarg oroli yaqinidagi eksport terminallari hamda Imom Xamaney nomidagi yirik port va energetika-kimyoviy komplekslar asosiy nazorat nuqtalariga aylanişi mumkin. Mazkur obektlar orqali Xitoy va Hindistonga katta hajmda neft eksport qilinib kelinayotgani ma’lum.
Avval bu obektlar haqida oçiq ma’lumotlar kam edi. Biroq sönggi bayonotlardan keyin AQŞlik tahlilçilar ham aynan uşbu portlar va infratuzilmalar blokada doirasiga tuşişi mumkinligini ta’kidlaşmoqda. Umuman olganda, rejalaştirilayotgan çoralar Fors körfaziga kiriş va çiqiş yöllarini, asosiy strategik koordinatalarni hamda körfazning şimoliy-ğarbiy hududlarini töliq nazorat ostiga olişni nazarda tutadi.
Töliq suhbatni YouTubeʼdagi “Geosiyosat | Kun.uz” kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.












