AQŞ Eron portlarini dengiz orqali töliq qamal qilişni boşladi. Bu haqda prezident Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.

Amerika rahbarining ta’kidlaşiça, Eron harbiy-dengiz kuçlari allaqaçon «dengiz tubida yotibdi». Tramp sözlariga köra, Yaqin Şarqdagi operatsiya davomida 158 ta kema butunlay yöq qilingan.

«Biz ularning faqat ozgina qismini [qoldirdik], ular aytganidek, «tezkor zarba beruvçi kemalar»ni yöq qilmadik, çunki biz ularni jiddiy tahdid deb hisoblamadik», dedi u.

AQŞ prezidenti bu kemalardan birortasi özi e’lon qilgan qamalga yaqinlaşsa, darhol yöq qilinişini ta’kidladi. AQŞ dengizdagi qayiqlarda giyohvand moddalar sotuvçilariga qarşi qöllagan yöq qiliş tizimlari qöllaniladi.

«Bu tez va şafqatsiz. AQŞ hududiga dengiz orqali kirib kelayotgan giyohvand moddalarning 98,2 foizi töxtatildi!», deb xulosa qildi Donald Tramp.

13 apreldan boşlab AQŞ harbiy-dengiz kuçlari Eron portlariga kirişni tösib qöyişni va xavfsiz ötiş uçun Eronga pul tölaydigan har qanday kemani uşlab qolişni rejalaştirmoqda. Tramp bu borada boşqa davlatlar Qöşma Ştatlarga yordam berişini aytgan, biroq hozirça heç kim taşabbusga qöşilmadi.