Dilşod Tursunquloviç Ahmedov «Özbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga yangi rahbar qilib tayinlandi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, 12 oktyabr kuni kombinat Kuzatuv kengaşi raisi, boş vazir Abdulla Aripov raisligida ötkazilgan yiğilişda Dilşod Ahmedovning boş direktor lavozimiga tayinlangani e’lon qilingan. 2021 yildan beri uşbu lavozimda işlagan Raşid Husanoviç Pirmatov nafaqaga çiqqan.
Yaqin orada Ahmedovning tayinlanişi «Özmetkombinat» kuzatuv kengaşi va aksiyadorlari tomonidan ham tasdiqlanişi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
Dilşod Ahmedov 1972 yilda tuğilgan. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvçisi hisoblanadi. Şuningdek, Moskva «Skolkovo» boşqaruv maktabida öqigan.
2021 yil yanvaridan «Özmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining birinçi örinbosari sifatida, 2024 yil yanvardan esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari lavozimida işlagan.
«Özmetkombinat» AJ Özbekistonda qora metallurgiyaning yetakçi işlab çiqaruvçisi hisoblanadi. Kombinat yiliga 1 million tonnadan ortiq prokat işlab çiqariş quvvatiga ega.












