Amerika va Eron ötgan hafta öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgandi. Pokiston vositaçiligidagi muzokaralar haqida Trampning gaplarini öqigan odam bevosita Eron oq bayroq kötardi deb öylaşi heç gap emas.

Lekin aslida vaziyat butkul boşqaçaga öxşaydi. Mana, eng oxirgi xabarlarni aytay: Amerika Hörmuz böğozida Eron kemasini qölga oldi, bunga javoban eronliklar Amerika harbiy kemasiga dron bilan hujum qildi. Hatto Eron ertaga böladigan muzokaralarda qatnaşmasligi ham mumkin ekan. Endi bu Rossiya–Ukraina uruşiga öxşab ketdi, şunday emasmi? Rossiya ham Kiyevni uç kunda egallayman deb uruş boşlagandi, lekin bir yil ötib Rossiyaning çegara oblastlarida odamlar bombapanada tunaşi oddiy holga aylandi.

«Fors şaxmati Trampga oğirlik qilyapti»

Siyosatşunos Arkadiy Dubnov hozirgi holatga juda ajoyib ta’rif berdi: «Eronliklar xuddi barqudrat Amerika prezidentini kalaka qilgandek uning tahdidlarini bumerang kabi öziga qaytarmoqda. Fors şaxmati Trampga oğirlik qilyapti».

Vaziyatga bundan yaxşiroq ta’rif beriş imkonsiz. Çindan Eron Amerika özidan ming çandon kuçli ekanini tuşungan holda yöl tutmoqda. Bir qaraşda ular muzokaralarda qatnaşmoqda, Amerikaning şartlariga rozidek, lekin bitta kemani blokadadagi dengizga çiqarib Amerikaning rejasini barbod qilişdi. Eron rahbariyati Amerika qölga olgan öşa kema muzokara oldidan böğozga çiqsa, muammo çiqişini bilmagan deb öylaysizmi? Bilgan, albatta.

Hozir eronliklar Amerikaga qarşi muzokara stolida «mujmallik strategiyasi» bilan kuraşayotganga öxşaydi (şu örinda Eronning muzokarani çözişning piri bölib ketgan yaqin bir ittifoqçisi borligi esga tuşadi). Amerika aniq duşmanga qarşi qanday kuraşişni biladi, razvedka yaxşi işlaydi, harbiy obektlarni aniqlab urişadi, pul köp, texnikadan muammo yöq. Lekin mujmallik bilan kuraşişning imkoni yöq. Unga qarşi kuraş uçun heç qanaqa formula, heç qanday reja işlab çiqilmagan. Buni bilgan Eron muzokaralarda imkon qadar vaqtni çözmoqçiga öxşaydi.

Hozir Amerika Eronni yana bombalasa, jamiyatda Trampga nisbatan norozilik yanada kuçayadi. Özi Eronda bombalaydigan heç nima qolmadi. Eronning boya aytganimiz ittifoqçisiga öxşab töğri kelgan joyga raketa otib «bu harbiylar töplanib turgan maxfiy obekt edi!» deyişolmaydi, Tramp «Eronda heç qanaqa harbiy qudrat qolmadi, barçasini vayron qildik», deb aytib qöydi. Bundan taşqari, Tramp Eron armiyasini duşman deb hisoblamaydi, u Xominaiy rejimini ağdarişni istardi, Eron xalqini alqab, ularning mehrini qozonişni istaydi axir.

Eron vaqtdan yutayotganining sabablari köp. Avvalo ularda bosim yöq, xalq hukumatga bosim qilolmaydi, Muhofizlar korpusi hamon aholi ustida total nazoratga ega, murvatlar oldingidan ham qattiqroq mahkamlangan. Tramp esa 350 millionlik amerikalik bosimi ostida. Ular «yaşasin uruş», «o, podşohimiz Tramp, istaganingizga uruşavering», deb prezidentni qöllayotgani yöq.

Bunday holatda muzokara çözilişi xuddi Rossiya–Ukraina muzokaralari kabi mujmal köriniş olişi faqat Amerika zarariga işlaydi. Bir oydan keyin butun dunyo futbol jamoalari AQŞga borişni boşlaydi. Uyiga mehmon kelgan odam köçada uruşib yurişi qançalik xunuk körinişini Tramp yaxşi tuşunadi. Bundan taşqari, kuzda oraliq saylovlar.

Va eng yomoni Tramp uruş tugaşi haqida e’lon qilgaç, unda ğalaba deb körsatadigan heç narsa yöq. Uruşdagi bomba portlaşi, harbiy obektlar yöq qilinişi, bir uçuvçi duşman davlati içkarisidan olib çiqilişi, turli qurollarni köz-köz qiliş öz yöliga. Yuqoridagi siyosatçi aytganidek – uruşni şaxmatga aylantirib, uning yönalişini boşqariş boşqa narsa.

Janob Tramp uruş boşlayotganda bir narsani hisobga olmagan körinadi, Amerika ham, uning ittifoqçisi Isroil ham davlatçilik öçoqlaridan biri bölgan Eron uçun keçagi davlatlar. Forslarda uruşning har qanday ssenariysi paytida ham jon saqlaş rejasi böladi. Ular birinçi marta uruşayotgani yöq.