Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Soliq qömitasi komplayens va korrupsiyaga qarşi nazorat boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda 643 mlrd sömlik talon-toroj holati foş etildi.

Departament xabariga köra, Özbekiston Respublikasi Soliq qömitasi, Buxoro viloyati soliq boşqarmasi, “Özbekneftgaz” AJ, “SH.G.” MÇJ, “S.E.” MÇJ QK, “A.” MÇJ va “E.E.” MÇJ QKning Özbekistondagi doimiy muassasasi mas’ul şaxslari özaro til biriktirib, Şörtan gaz-kimyo majmuasining işlab çiqariş quvvatini kengaytiriş böyiça berilgan 5,3 trln sömlik xizmatlar QQSdan ozod etilgan bölsa-da, QQS summasini elektron hisob-fakturalarga noqonuniy kiritib, budjetda asossiz ravişda QQS mablağini hosil qilib, uşbu mablağni “A.” MÇJning hisobraqamiga qaytarilişiga va “S.E.” MÇJ QKning davlat oldidagi kreditorlik qarzdorliklarining yöq qilinişiga erişib, 643,2 mlrd sömlik budjet mablağlarini özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Gap qaysi loyiha haqida ketayotgani, Qaşqadaryodagi zavod loyihasiga Buxoro viloyati soliq boşqarmasining qanday aloqasi borligi haqida (loyiha Şörtandan Qorakölga köçirilgan) Kun.uz'ning 2023 yilgi suriştiruvidan javob oliş mumkin: