«Real» muxlislari petitsiyani yaratib, unda fransiyalik hujumçi Kilian Mbappening Madrid klubini tark etişini talab qilmoqda. Uşbu xabar yozilgan paytda uni qariyb 1,5 mln kişi imzolagan.
«Real» muxlislari, fikr bildiring! Agar özgarişlar zarur deb hisoblasangiz, jim turmang - uşbu petitsiyani imzolang va klub va uning kelajagi uçun eng yaxşi deb hisoblagan narsangizni himoya qiling», deyiladi matnda.
Avvalroq jurnalist Fransua Gallardo Mbappening onasi Fayza Lamari «Real» prezidenti Florentino Peresga ultimatum qöyib, jamoadoşi Vinisius Juniorning ketişini talab qilmoqçi ekani haqida xabar bergan edi. Qayd etilişiça, Mbappe «Vinisius va klubning boşqa futbolçilari tomonidan öziga xiyonat qilinganini his qilmoqda».
Fransuz futbolçisi 2024 yildan buyon «Real» safida töp tepyapti. Joriy mavsumda 27 yoşli Mbappe klub safida 41 ta öyinda 41 ta gol urdi.
«Real» bu mavsumda çempionlikni boy beriş arafasida turibdi. Asosiy raqib «Barselona» keyingi 4 öyinda 2 oçko jamğarsa Ispaniya çempioni böladi. Şuningdek, madridliklar Ispaniya Kubogi va Çempionlar Ligasida ham muvaffaqiyatsiz iştirok etdi.












