Özbekiston milliy jamoasi jahon çempionatiga tayyorgarlikning sönggi bosqiçi doirasida musobaqa mezbonlaridan biri Kanada bilan örtoqlik öyini ötkazadi.
Öyin 1 iyun kuni Edmonton şahridagi Commonwealth stadionida mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da boşlanadi (Toşkent vaqti bilan 2 iyun soat 6:00).
Bu har ikkala jamoaning jahon çempionati oldidan birinçi nazorat öyinidir. Kanada — turnir mezbonlaridan biri bölib, hozir yuksaliş pallasida hisoblanadi.
Özbekiston tarixda ilk bor jahon çempionatiga çiqdi va hozir kuçli raqiblarga qarşi qimmatli tajriba töplamoqda. Uşbu jamoalarning avvalgi yagona öyini 2016 yilda ötkazilgan va Kanada 2:1 hisobida ğalaba qozongan edi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy jamoasi jahon çempionati öyinlariga tayyorgarlik doirasida Niderlandiya bilan ham örtoqlik öyini ötkazadi. Öyin 8 iyun kuni Nyu-Yorkdagi «Icahn Stadium»da bölib ötadi.
AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötadigan jahon çempionati 11 iyun kuni boşlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa iştirok etadi. Özbekiston milliy jamoasi guruh bosqiçida Kolumbiya (18 iyun, Toşkent vaqti bilan 7:00), Portugaliya (23 iyun, 22:00) va Kongo DR (28 iyun, 4:30) bilan öynaydi.
Qayd qiliş joiz, milliy jamoa boş murabbiy Fabio Kannavaro jahon çempionatida iştirok etadigan 26 nafar futbolçidan iborat yakuniy röyxatni hali e’lon qilmadi.












