Özbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi ustozi Fabio Kannavaro lavozimini tark etişi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

«Sönggi soatlarda ayrim xorijiy manbalarda Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Osiyo kubogi-2027 musobaqasi muddatining özgartirilişi ortidan öz lavozimini tark etişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini maʼlum qiladi.

Ommaviy axborot vositalari va futbol muxlislaridan tasdiqlanmagan maʼlumotlarga işonmaslikni hamda rasmiy xabarlarga tayanişni söraymiz», – deyiladi bayonotda.

Bu raddiya taniqli insayder Fabritsio Romano tarqatgan xabarga nisbatan berildi. Uşbu jurnalist avvalroq öz sahifalarida Osiyo kubogi bir yilga surilgani tufayli Fabio Kannavaro Özbekiston milliy jamoasi boşqaruvini tark etişi haqida xabar bergandi.

Maʼlumot uçun, ÖFA Fabio Kannavaro bilan 2025-yil kuzida 2+3 şaklida şartnoma tuzgan. Yaʼni Osiyo kubogidagi natijaga qarab, kelişuv yana uç yilga uzaytirilişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, Saudiya Arabistoni mezbonligidagi Osiyo kubogi turniri qariyb bir yilga keçiktirildi. Rejaga köra, turnir 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraligaça ötkazilişi kerak edi. Ammo OFK qarori bilan turnir 2027-yil 23-dekabrida boşlanadigan böldi, final öyini 2028-yil 21-yanvariga belgilangan. Taşkilot bu qarorini mintaqadagi logistika va sayohatga boğliq murakkabliklar bilan izohlagan.