Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 iyun kuni Peterburgda ötkazilayotgan Xalqaro iqtisodiy forum doirasida axborot agentliklari rahbarlari bilan uçraşdi.
Kreml rahbari bir kun oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan öziga yozilgan xat haqidagi fikrlarini aytdi.
«Ertalab Peskov uzatgan bu qoğozga köz yugurtirib çiqdim. Zelenskiy mening yoşimni tilga oldi, lekin asosiysi yoş emas, balki işlaş qobiliyatidir.
Zelenskiy saylovga borişdan qörqmasligi kerak, saylovsiz prezidentlik lavozimida qoliş hokimiyatni egallab oliş deb ataladi.
Men heç qaçon Zelenskiy bilan uçraşişdan boş tortmaganman. Lekin «böş idişni yana bir böş idişga böşatişni» istamayman.
Uç hafta oldin biznes doiralarimizning bir vakili Kiyevga borib, Zelenskiy bilan uçraşdi. U qaytib keldi va Zelenskiy uçraşişni söraganini aytdi. Keyin Starobelskka zarba berildi, u yerda bolalar va ösmirlar halok böldi.
Bu xat qöpollik unsurlariga ega. Hozirça Zelenskiy bilan uçraşişdan ma’no körmayapman», dedi Putin.
4 iyun kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya rahbariga oçiq maktub yöllab, unda Ukraina Rossiya uçun uruş narxini keskin oşirişga qodirligini aytdi va harbiy harakatlarni tugatiş uçun şaxsan uçraşişga çaqirgan edi.












