Taqdimotda qayd qilinişiça, mis sanoat, energetika, elektrotexnika, raqamli iqtisodiyot va “yaşil” taraqqiyot uçun strategik xomaşyoga aylanmoqda. Şu bois, mamlakatda geologiya-qidiruv işlarini kengaytiriş, mavjud zaxiralarni samarali özlaştiriş, xomaşyoni çuqur qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yil mart oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitiş fabrikasining birinçi navbati işga tuşirilgan edi. “Yoşlik-1” konini özlaştiriş dasturi doirasida 196 gektar maydonda barpo etilayotgan uşbu loyihaning qiymati 2,7 milliard dollarni taşkil etadi. Fabrika töliq quvvatga çiqqanidan söng yiliga 60 million tonna ma’danni qayta işlaş va 900 ming tonnaga yaqin mis konsentrati işlab çiqariş imkoniyati yaratiladi.
Bugungi taqdimotda fabrikaning keyingi navbatlarini işga tuşiriş, texnologik jarayonlarni barqaror yölga qöyiş va rejalaştirilgan quvvatlarga öz vaqtida çiqiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, yançiş sexidagi şarli tegirmonlar, flotatsiya liniyalarini bosqiçma-bosqiç töliq quvvatga çiqariş böyiça aniq grafik belgilangan.
Joriy yil yakuniga qadar 3-mis boyitiş fabrikasida rudani qayta işlaş hajmini yanada oşiriş, barça asosiy texnologik zanjirlarni töliq işga tuşiriş va işlab çiqariş barqarorligini ta’minlaş vazifasi qöyildi.
3-mis boyitiş fabrikasi töliq işga tuşgaç, kombinatda mis konsentratining kunlik işlab çiqariş hajmi 2 ming 400 tonnadan 5 ming tonnaga oşişi közda tutilgan. Zamonaviy texnologiyalar joriy qilinişi hisobiga energiya sarfi va tannarxni kamaytiriş, mehnat unumdorligini oşiriş imkoni paydo böladi.
Taqdimotda 4-mis boyitiş fabrikasi loyihasini işlab çiqişni jadallaştiriş masalasi ham körib çiqildi.
Bugungi kunda loyiha doirasida bazaviy injiniring hujjatlari tayyorlanmoqda, quriliş maydonida yer işlari va geologik burğilaş işlari olib borilmoqda.

Mazkur loyihada 3-fabrika tajribasini inobatga olgan holda texnologik yeçimlarni maqbullaştiriş, energiya va suv resurslaridan tejamkor foydalanişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Şuningdek, xalqaro injiniring kompaniyalari bilan hamkorlikda gravitatsiya, flotatsiya, konsentratni quritiş va qoldiqlarni quyultiriş, texnologik zanjirlarini takomillaştiriş, xorijiy moliya institutlaridan mablağ jalb qiliş uçun loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaş çora-tadbirlari belgilangan.
Mutasaddilarga 4-mis boyitiş fabrikasi uçun zarur yer maydonlarini ajratiş, quriliş maydonida tayyorgarlik işlarini davom ettiriş, bazaviy injiniring hujjatlarini belgilangan muddatda yakunlaş va loyihani bosqiçma-bosqiç işga tuşiriş rejasini aniqlaştiriş böyiça topşiriqlar berildi.












