DW xabariga köra, tegişli farmonni AQŞ prezidenti Donald Tramp 23-oktabr kuni imzolagan.

Yuqori bojlar, jumladan, quyidagi Kanada mahsulotlaridan olib taşlanadi:

  • fanera;

  • ayrim turdagi qoğoz mahsulotlari;

  • sellyuloza-qoğoz sanoati uçun uskunalar;

  • qadoqlaş yaşiklari va karton qutilar;

  • yangi va quritilgan dengiz suvötlari.

Ayni paytda, Oq uy boşqa mahsulotlarni boj qöllanadigan röyxatga qöşgan. Ular orasida gilamlar, böyoqlar, şampunlar, kakao kukuni, yoğoç tobutlar, muzqaymoq tayoqçalari, konditsionerlar, muzlatiş kameralari, kamondan öq otiş anjomlari va kanoe qayiqlari bor.

Kanadaning idoralararo munosabatlar vaziri hamda AQŞ bilan savdo uçun masʼul Dominik Leblan Ottava uşbu qarorlarni baholayotganini bildirgan.

Uning taʼkidlaşiça, Kanada öz manfaatlarini hisobga oladigan, har ikki tomon uçun foydali savdo munosabatlarini şakllantiriş yölida konstruktiv va halol hamkorlik qilişga tayyor.

Vaşington va Ottava örtasidagi savdo kelişmovçiliklari Tramp prezidentlikka qaytganidan keyin kuçaygan. Özaro 50 foizlik bojlar joriy etilişi munosabatlar yomonlaşuvining belgilaridan biri bölgan. Tramp Kanadani AQŞning 51-ştatiga aylantiriş imkoniyati haqida ham bir neça bor gapirgan.

Sentabr oxirida AQŞ Kanadadan qator mahsulotlar importini nomaʼlum muddatga töxtatgan edi. Çeklov içimliklar, sut zardobi, ayrim sut mahsulotlari hamda mototsikllarni qamrab olgan.

Vaşington bu çorani Ottavaning AQŞ avgust oyida joriy etgan yuqori bojlarga xuddi şunday javob qaytariş qaroridan keyin qöllagan.