Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etiş uçun taşrif buyurgan Ozarboyjon boş vaziri Ali Asadovni qabul qildi.

Uçraşuvda Ozarboyjonning “PASHA Holding”, “Neqsol Holding”, “AzerGold” kompaniyalari hamda Ozarboyjon Xalqaro banki rahbarlari ham iştirok etdi.

Mamlakat yetakçisi, öz navbatida, Ozarboyjon xalqini kuni keça bölib ötgan bayram – Milliy najot kuni munosabati bilan tabrikladi.

Özbekiston – Ozarboyjon döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş hamda mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Barça darajalardagi faol aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş hajmi 40 foizga oşdi. Quriliş, energetika, toğ-kon sanoati, geologiya, logistika, turizm va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Ikki mamlakat hukumatlari bölajak oliy darajadagi sammitning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlaşi muhimligi ta’kidlandi.

Bunda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi va Hududlar forumi natijador ötişini ta’minlaş zarurligi qayd etildi.