Trampning sözlariga köra, Eron dronlaridan biri yuk kemasining yuqori palubasiga zarba bergan. U şikastlangan, ammo yölni davom ettira olgan. Qolgan uçta dron amerikalik harbiylar tomonidan urib tuşirilgan.

«Bu bizning öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvimizning ahmoqona buzilişi ekani aniq», deb yozdi AQŞ prezidenti ijtimoiy tarmoqda.

25 iyun kuni Buyuk Britaniya dengiz savdo operatsiyalari boşqarmasi (UKMTO) Hörmuz böğozidagi Ummon qirğoqlarida kemaga hujum uyuştirilgani haqida xabar berdi. The Wall Street Journal naşrining amerikalik manbalariga köra, kemaga Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) zarba bergan. Hujum tufayli BMT Xalqaro dengiz taşkiloti dengizçilarni Hörmuz böğozidan evakuatsiya qilişni töxtatdi.

18 iyun kuni Eron va AQŞ örtasidagi tinçlik kelişuvi kuçga kirdi. Hörmuz böğozi orqali erkin kema qatnovi memorandum bandlaridan biri böldi. 25 iyun kuni IIQK Hörmuz böğozi orqali faqat Eron hukumati tomonidan tasdiqlangan yöllar orqali xavfsiz ötiş mumkinligini ma’lum qildi.