«Men şu yerdaman. Sizlar bilan», - deb yozgan Maçado 25-oktabr kuni X ijtimoiy tarmoğida.
DW xabariga köra, 59 yoşli siyosatçining qaytganini uning safdoşi, prezidentlikka sobiq nomzod Edmundo Gonsales Urrutia ham tasdiqlagan. U bu kunni venesuelaliklar uçun juda muhim deb atagan. Maçadoning aniq qayerda ekani va qaytiş tafsilotlari hozirça oşkor qilinmagan.
Bundan uç kun avval, 22-oktabrda Venesuelada minglab namoyişçilar Maçadoning qaytişini talab qilgan edi. AFP maʼlumotiga köra, Karakasda qariyb ikki ming kişi köçaga çiqqan, ayrimlari saylov ötkaziş talabi yozilgan plakatlarni kötarib olgan. Kolumbiya bilan çegaradoş Taçira ştatida ham şunday aksiya bölib ötgan.
Maçado 2024-yildagi bahsli prezidentlik saylovidan keyin yaşirinib yaşagan va 2025-yil dekabrida Venesuelani maxfiy ravişda tark etgan.
AFP eslatişiça, u yoğoç baliqçi qayiğida mamlakatdan çiqib ketayotganda umurtqalaridan biri singan. Nobel tinçlik mukofotini topşiriş marosimi uçun Norvegiyaga yetib borgaç, Oslodagi şifoxonalardan biriga yotqizilgan. Mukofotni uning nomidan qizi qabul qilgan.
AQŞ Davlat departamenti avvalroq Karakas hukumati va muxolifat örtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqiçi yakunlanganini maʼlum qilgan. Nikolas Maduro AQŞ tomonidan qölga olinganidan keyin hukumatga vaqtinça Delsi Rodriges rahbarlik qilmoqda.
Davlat kotibi Marko Rubio Maçadoning xavfsiz qaytişi uçun şaroit yaratilganini AQŞ qöllab-quvvatlayotgan yaraşuv muzokaralarining bevosita natijasi deb baholagan. Xabarda qayd etilişiça, muzokaralar davomida yuzlab siyosiy mahbuslar ozod qilingan, yana yuzlab muxolifatçilar muhojirlikdan qaytgan.
Venesuelada 2024-yilgi prezidentlik saylovidan keyin hukumat Nikolas Maduroni ğolib deb eʼlon qilgan edi. Muxolifat esa natijalarni tan olmay, eng köp ovozni öz nomzodi Edmundo Gonsales Urrutia olganini bildirgan.
Maduro yanvar boşida Karakasda AQŞ harbiylari tomonidan qölga olinib, Nyu-Yorkka olib ketilgan. Unga, jumladan, «narkoterrorizm» böyiça ayblovlar qöyilgan.

















