Ispaniya milliy jamoasi – yangi jahon çempioni! Luis de la Fuente şogirdlari finalda amaldagi çempion Argentinani mağlub etdi. Bu ispanlar tarixidagi ikkinçi jahon çempionligi böldi – birinçisi 16 yil oldin qölga kiritilgandi.  

Ispaniya – Argentina 1:0
Gol: Torres, 106 (1:0)
Ispaniya: Simon, Kukurelya, Lyaport (Garsiya, 99), Kubarsi, Porro, Ruis (Pedri, 62), Rodri (Subimendi, 99), Baena (Uilyams, 75), Olmo (Merino, 75), Yamal, Oyyarsabal (Torres, 62)
Argentina: E. Martines, Talyafiko, L. Martines (Otamendi, 44), Romero (Medina, 70), Montiel (Molina, 58), Gonsales (Paredes, 46), Makallister, Fernandes, de Paul (Simeone, 70), Alvares (Senesi, 102), Messi
Ogohlantirişlar: L. Martines, 41. Paredes, 52. Fernandes, 82. Makallister, 111
Çetlatiş: Fernandes, 90 (ikkinçi sariq), Paredes, 120

Ispaniya milliy jamoasi final uçun kutilgan tarkibda tuşdi – bu safar ham de la Fuente maydon markazida Pedrini emas, Ruisni öynatdi. Lionel Skaloni esa yarimfinaldagi öyin bilan soliştirganda ayrim özgarişlar qildi: u Paredes, Simeone va Molinani zaxirada qoldirdi, ularning boşlanğiç tarkibdagi örinlarini De Paul, Gonsales va Montiyel egalladi.

Argentina ham, Ispaniya ham ilk daqiqalardan maydon markazida ustunlik qilişga urğu qaratdi. Ammo buni turliça amalga oşirdi. Skaloni şogirdlari töpni Messi uçun böşliqlar yuzaga kelguniça kutiş rejimida olib yurdi, de la Fuente şogirdlari esa maydonning raqib darvozasi joylaşgan qismida kuçli pressing uyuştirib, töpni tezda öziga qaytarişga harakat qildi.

«Qizil furiya» tezkor gol urişi mumkin edi, Yamal Olmo bilan devor uslubida öynab, zarba beriş pozitsiyasiga çiqib bordi. Ammo Martineslar ikkitalik seyv amalga oşirdi – Lisandro zarba yölini tösdi, Emiliano töpni uzoqlaştirdi.

Argentinaliklarni finalgaça olib kelgan Messi esa maydonda sezilmadi. Öyinning dastlabki 15 daqiqasida u atigi bir marta töpga tegindi, bu öyindagi istalgan futbolçinikidan kam edi. Himoyada heç kim Leodan yordam kutgani ham yöq, hujumda esa unga töp yetib bormadi.

Bölimning qolgan qismida ham argentinaliklar çuqur himoyalandi va birinçi bölim davomida biror marta zarba bermadi, raqib jarima maydonida biror marta töp bilan muomila qilinmadi. De la Fuente şogirdlarida statistika bilan maqtana olmaydi, ispanlar bölim davomida atigi uç marta zarba berdi (şundan ikkitasi darvoza sohasiga töğri bordi). Bu JÇ tarixidagi vaziyatlar eng kam kuzatilgan bölim böldi (oxirgi marta 1966 yilgi finalda dastlabki 45 daqiqalikda bu qadar kam hujum uyuştirilgan).