Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumanida Qorasuv kanali qirğoğining 9 kilometr uzunlikdagi qismini obodonlaştiriş böyiça 32 milliard sömli loyiha amalga oşirilmoqda, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 iyul kuni kanal sohilida amalga oşirilgan işlar bilan tanişdi.

Quriliş ötgan yili boşlangan bölib, ikki bosqiçga möljallangan. Birinçi bosqiç doirasida Tinçlik va Qorasuv mahallalari oraliğidagi 1,6 km qirğoq obodonlaştirilgan.

Hududda piyodalar uçun zamonaviy yölaklar, favvora, vorkaut maydonçalari, akvapark hamda köprik osti tunneli qurilgan.

Şuningdek, manzarali daraxtlar, qulay örindiqlar bilan birga umumiy ovqatlaniş va xizmat körsatiş şoxobçalari ham oçilgan.

Keyingi bosqiçda Qorasuv, Rovatak va Fayzobod mahallalaridan ötuvçi qismida köngiloçar, dam oliş va gastronomik köçalari taşkil etiladi.

Savdo va xizmat körsatiş ob’yektlari soni 6 taga yetkazilib, 150 ta yangi iş örni yaratiladi.

Prezident matbuot xizmatining qayd etişiça, qirğoqböyi hududlarini obodonlaştiriş nafaqat hordiq çiqariş maskanlarini barpo etiş, balki hududlarda savdo, xizmat körsatiş va bandlikni rivojlantiriş imkoniyati sifatida ham körib çiqilmoqda.