Bugun, soat taxminan 07:30 larda Toshkent viloyati Örta Çirçiq tumani hududidan ötgan D002 «Toshkent-Nurafşon» avtomobil yölining 9-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Maʼlum qilinişiça, 1991-yilda tuğilgan haydovçi Labo rusumli avtomobilda qayrilib oliş mumkin bölgan joydan manyovrni amalga oşirayotgan vaqtda öz yönalişida harakatlanib kelayotgan Lacetti va Tracker rusumli avtomobillar bilan töqnaşgan.
YTH oqibatida avtomobillarda yonğin kelib çiqqan. Voqea joyiga yetib kelgan öt öçiruvçilar tomonidan yonğin töliq bartaraf etilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, hodisa natijasida harakat iştirokçilaridan heç kim jarohat olmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Örta Çirçiq tumani IIB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

















