Bu haqda “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Şuhrat Rasul va Hikmatilla Kazakbayev söz yuritişdi.
- Uruşning muhim bosqiçida Zelenskiy nega ketma-ket yuqori lavozimli amaldorlarni almaştiryapti?
Şuhrat Rasul: Mixail Fedorov joriy yilning yanvar oyida mudofaa vaziri etib tayinlangan edi. U bilan Ukraina Qurolli Kuçlari boş qömondoni Aleksandr Sirskiy örtasida uruşni olib boriş konsepsiyasi böyiça jiddiy kelişmovçilik yuzaga kelgan. Bu şaxsiy ziddiyat emas, balki strategik yondaşuvlar töqnaşuvi edi.
Sirskiy professional harbiy sifatida uruşga an’anaviy nuqtayi nazardan qaraydi. Uning fikriça, asosiy e’tibor front çiziğidagi vaziyatni barqarorlaştirişga qaratilişi kerak. Strategik va iqtisodiy ob’yektlarga zarba berişdan köra, frontdagi ustunlikni saqlab qoliş muhimroq.
Fedorov esa mutlaqo boşqa yondaşuv tarafdori. U aslida IT muhandisi bölib, mudofaa vazirligiga qadar Ukrainaning raqamli transformatsiya vaziri lavozimida işlagan. Uning asosiy ğoyasi – uruşni texnologiyalar yordamida olib boriş, dronlar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan maksimal foydalanişdan iborat.
Umuman olganda, Fedorov uruşning innovatsion modelini ilgari surmoqda. Sirskiy esa harbiy akademiyalarda şakllangan klassik harbiy maktab vakili bölib, köproq XX asr uslubidagi uruş konsepsiyasiga tayanadi. Demak, ularning asosiy qarama-qarşiligi aynan uruşni qanday olib boriş masalasida edi.
Fedorovning yana bir muhim taşabbusi harbiy xaridlar uçun elektron marketpleys platformasini yaratgani böldi. Uşbu tizim orqali qurol-yaroğ va harbiy jihozlarni xarid qiliş jarayonida milliardlab dollar mablağ iqtisod qilingani ta’kidlanmoqda. Şu sababli Ukrainada uning tarafdorlari ançagina. Sönggi kunlarda Kiyev va boşqa yirik şaharlarda fuqarolar Fedorovni mudofaa vaziri lavozimiga qaytarişni talab qilib namoyişlar ötkazmoqda.
Ma’lum bölişiça, Yevropa Ittifoqining Ukraina bilan işlayotgan ayrim rasmiylari ham Fedorovni qöllab-quvvatlamoqda. Ularning pozitsiyasi şundan iboratki, Yevropa Ukrainaga milliardlab dollar moliyaviy va harbiy yordam körsatayotgan ekan, bu mablağlarning samarali sarflanişi muhim. Ularning fikriça, Fedorov qisqa vaqt içida buni amalda isbotlay olgan.
Şunday qilib, Zelenskiy bir vaqtning özida içki jamoatçilik, Ğarb donorlari va harbiylarning bir qismi bosimi ostida qoldi. Buning ustiga, yangi boş qömondon etib tayinlangan Mixaylo Drapatiy ham lavozimga kirişişidan oldin oçiqçasiga Fedorovni qöllab-quvvatladi. U barça harbiylar Sirskiyning qaraşlarini qöllamasligini, özi ham uruşda dronlar, robotlar va boşqa zamonaviy texnologiyalar rolini kuçaytiriş tarafdori ekanini bildirdi. Oradan köp ötmay, prezident Volodimir Zelenskiy Sirskiyni ham lavozimidan ozod qildi.
Ukraina Konstitutsiyasiga köra, mudofaa vaziri lavozimini harbiy emas, fuqaroviy şaxs egallaşi kerak. Hozir esa razvedka xizmati rahbari Ximara özining avvalgi lavozimini saqlab qolgan holda mudofaa vaziri vazifasini ham vaqtinça bajarmoqda. U professional harbiy, general unvoniga ega. Şu sababli yaqin kunlarda mudofaa vazirligi böyiça yana kadrlar özgarişi bölişi ehtimoli yuqori.
Hikmatilla Kazakbayev: Aslida, bu yerda asosiy kelişmovçilik uruşni qanday olib boriş masalasida edi. Ya’ni, Aleksandr Sirskiy va Mixail Fedorov uruş strategiyasiga mutlaqo boşqaça yondaşgan. Sirskiy klassik harbiy maktab vakili. U 1980 yillarda Moskvadagi Oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtida tahsil olgan va sovet harbiy doktrinasi asosida şakllangan professional harbiy hisoblanadi. Şu sababli u uruşda asosiy natijani muntazam qöşinlar va front çiziğidagi operatsiyalar orqali qölga kiritiş tarafdori edi.
Mixail Fedorov esa mutlaqo boşqa muhitdan çiqqan. U sotsiologiya va boşqaruv yönalişida tahsil olgan, tadbirkorlik bilan şuğullangan, Zelenskiyning prezidentlik kampaniyasida raqamli texnologiyalar yönalişiga mas’ul bölgan. Şu bois u zamonaviy, texnologik va innovatsion yondaşuv tarafdori sifatida tanilgan.
Sirskiy uçun uruşning asosiy vazifasi qöşinlar harakati orqali frontdagi vaziyatni özgartiriş bölsa, Fedorov texnologik ustunlikni hal qiluvçi omil deb hisoblagan. U dronlar, sun’iy intellekt va elektron uruş vositalaridan keng foydalaniş, şuningdek, psixologik operatsiyalarni kuçaytiriş tarafdori edi.
Tomonlar örtasidagi yana bir muhim kelişmovçilik boşqaruv tizimi bilan boğliq bölgan. Fedorov Sirskiy davridagi boşqaruvni ortiqça markazlaşgan va byurokratik deb tanqid qilgan. Uning fikriça, frontdagi kiçik bölinmalar mustaqil qaror qabul qiliş vakolatiga ega emas edi. Deyarli har bir muhim qaror yuqori qömondonlik bilan kelişilişi talab qilinar, bu esa jangovar vaziyatda tezkorlikni pasaytirardi. Fedorov aksinça, vakolatlarni quyi böğinlarga topşiriş tarafdori edi. U brigada, batalyon va boşqa taktik bölinmalarga öz mas’uliyat hududida mustaqil harakat qiliş imkoniyati berilişi kerakligini ilgari surgan. Uning nazarida, uruşda inson omilini imkon qadar kamaytirib, boşqaruvni zamonaviy texnologiyalar yordamida avtomatlaştiriş zarur edi.
Sirskiy bilan sönggi jiddiy kelişmovçiliklardan biri aynan Fedorov taqdim etgan yangi dron dasturi yuzasidan yuzaga kelgan. Fedorov bu loyihani uruşning keyingi bosqiçi uçun muhim deb hisoblagan bölsa, Sirskiy uni ortiqça xarajat deb baholagan va mavjud resurslardan samaraliroq foydalaniş tarafdori bölgan. Şunday qilib, qarama-qarşilik ikki şaxs örtasidagi emas, balki ikki xil boşqaruv falsafasi örtasidagi töqnaşuv edi. Bir tomonda texnokratik va innovatsion yondaşuv, ikkinçi tomonda esa konservativ harbiy maktab turardi.
Yana bir e’tiborli jihat şundaki, uruş boşlanganidan buyon Ukrainada mudofaa vazirlari tez-tez almaşmoqda. 2022 yildan buyon beş nafar mudofaa vaziri faoliyat yuritdi. Bu deyarli har yili uşbu lavozim egasi özgarganini anglatadi. Rossiyada esa bu davrda mudofaa vaziri ikki marta almaşdi. Oxirgi tayinlangan vazirning iqtisodçi ekani ham Rossiya uruşni iqtisodiy jihatdan boşqarişga alohida e’tibor qaratayotganini körsatadi.
Ukrainadagi tez-tez kadrlar almaşinuvi esa siyosiy rahbariyat va harbiy qömondonlik örtasida strategik masalalarda ma’lum darajada kelişmovçiliklar mavjudligini anglatişi mumkin. Valeriy Zalujniyning lavozimdan olinişi ham, keyinçalik Sirskiy bilan boğliq vaziyat ham şundan dalolat beradi. Tabiiyki, siyosatçilar va harbiylarning qaraşlari har doim ham bir xil bölavermaydi. Harbiylar odatda ehtiyotkor va konservativ qarorlarni ma’qul köradi. Siyosiy rahbariyat esa ayrim hollarda tavakkal qilişga ham tayyor böladi.
Uruşning dastlabki bosqiçlarida Zelenskiy Rossiya nazoratidagi hududlarni qaytarib oliş böyiça ança dadil strategiyalarni ilgari surgani aytiladi. Biroq bu rejalar harbiy rahbariyatning barça vakillari bilan muhokama qilinmagan, faqat tor doiradagi mas’ullar xabardor bölgan. Sirskiy esa klassik harbiy sifatida maksimal ehtiyotkorlik tarafdori edi. Menimça, aynan şu ehtiyotkor yondaşuv uruşning ayrim bosqiçlarida frontdagi turğunlikka ham sabab böldi.
Suhbatni YouTube’dagi “Geosiyosatkunuz” kanalida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.











