Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva davlat va jamiyat boşqaruvi sohasidagi köp yillik samarali mehnati, Yangi Özbekistonda parlament faoliyatini rivojlantiriş va demokratik islohotlarni izçil amalga oşirişdagi alohida xizmatlari uçun “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.
Prezident farmonida Tanzila Norboyevaning jonkuyar taşkilotçi va taşabbuskor rahbar sifatidagi boy bilim va tajribasi, vatanparvarlik fazilatlari bilan milliy davlatçilikning huquqiy asoslarini mustahkamlaş, inson qadrini uluğlaş, ayollarning örni va nufuzini yuksaltirişga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlaşga katta hissa qöşib, xalq orasida munosib obro‘-e’tibor qozonib kelayotgani qayd etilgan.
Şuningdek, uning yoş avlodni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş yölidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol iştiroki e’tirof etilgan.
Tanzila Norboyeva Oliy Majlis Senatining 2019 yil iyundagi yigirmançi yalpi majlisida Senat raisi lavozimiga saylangan.












