28 iyul kuni ötkazilgan tantanali marosimda prezident Şavkat Mirziyoyev diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini Yangi Özbekistondagi faoliyati boşlangani bilan tabriklab, bugungi murakkab geosiyosiy şaroitda diplomatlarning mas’uliyati har qaçongidan ham muhim ekanini ta’kidladi.

Davlat rahbari har bir elçiga murojaat qilib, ular vakillik qilayotgan mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalarga töxtaldi. Xususan, Italiya bilan “yaşil” energetika va ta’lim, Saudiya Arabistoni bilan 25 milliard dollarlik loyihalar portfeli, Kuvayt bilan investitsiya va infratuzilma, Jazoir bilan neft-gaz va qişloq xöjaligi, Malayziya bilan yarim ötkazgiçlar va islom moliyasi, Pokiston bilan Transafğon transport yölagi, Ozarboyjon bilan investitsiya portfelini 10 milliard dollarga yetkaziş hamda Qozoğiston bilan özaro savdo hajmini 10 milliard dollarga olib çiqiş böyiça rejalar alohida qayd etildi.





Marosim yakunida prezident yangi tayinlangan elçilarga diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, ularni Özbekiston hududlari va xususiy sektor bilan faol hamkorlik qilişga çaqirdi. Elçilar esa mamlakat bilan köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun bor imkoniyatlarini safarbar etişini bildirdi.





















