Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 28 iyul kuni keçqurun Oq uyda Donald Tramp bilan uçraşuv ötkazdi. Ularning ikkisi ham uçraşuv yakunlarini ijobiy baholadi, Amerika naşrlari esa Tramp Rossiyaga qarşi uruşda Ukrainani töliq qöllab-quvvatlaş pozitsiyasini egallagani haqida yozmoqda.
Muzokaralar bir soatdan ortiqroq davom etgan. Şundan keyin Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda uçraşuv «yaxşi» ötganini yozdi va unda Patriot kompleksi raketalarini işlab çiqariş uçun litsenziya masalasi, şuningdek, «yordam berişi mumkin bölgan boşqa ayrim ğoyalar» muhokama qilinganini aytdi.
Zelenskiy keyinroq Axios uçun intervyusida Trampdan RFning qişda energetika infratuzilmalariga qiladigan hujumlaridan himoyalaniş uçun Patriot raketalarining şoşilinç paketini ham söraganini aytdi.
Ukraina prezidenti intervyuda Kiyev 300 ta raketa olişni xohlaşini, çunki hozirda zaxiralar «deyarli tugagani» va Rossiya raketalarini uşlab qolişning imkoni yöqligi gumanitar falokatga olib kelişi mumkinligini ta’kidlagan. «Bizda Patriot’ga keça ham zarurat bor edi», – dedi u. Zelenskiyning sözlariga köra, Tramp yordam körsatişga harakat qilişga va’da bergan – garçi bu oson bölmasligini anglatgan bölsa-da, çunki Patriot uçun raketalar AQŞning öziga va uning Eron bilan uruşdagi ittifoqçilariga kerak.
Tramp ijtimoiy tarmoqlarda uçraşuv «juda yaxşi» ötganini yozib, Ukraina prezidenti bilan uçraşiş özi uçun «katta şaraf» bölganini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, tomonlar «köp masalalar»ni muhokama qilişgan, ammo heç qanday tafsilotlarni keltirmagan.
Uçraşuvdan bir neça soat ötib AQŞ senatida 86 kişi Rossiya uglevodorodlarini sotib oluvçi mamlakatlar uçun 100 foizlik bojlar joriy etiş töğrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi (faqat 12 kişi qarşi çiqdi) – bu birinçi navbatda Xitoy va Hindistonga taalluqlidir. Zelenskiyning özi ovoz berişdan oldin senatorlar bilan yopiq uçraşuv ötkazgandi.
Politico naşri yozişiça, safar davomida Zelenskiy «bir yil oldin imkonsiz bölib tuyulgan işni amalga oşirdi» – Tramp va amerikalik senatorlarni Ukraina uruşda ğalaba qozonişga qodir ekaniga işontirdi.
«Zelenskiyning dalillari [sanksiyalar va harbiy qöllab-quvvatlaşning kengayişi Vladimir Putinni muzokaralarga majbur qilişi mumkinligi] aks sado bermoqda: aftidan, mafkuraviy spektrdagi barça qonun çiqaruvçilar uning strategiyasini qöllab-quvvatlaydi. Bunda Ukraina haqiqatan ham Rossiyani mağlub etişi mumkinligi haqidagi şakllanayotgan konsensus ham muhim rol öynaydi», – deb qayd etadi naşr.
Financial Times naşrining Oq uyga yaqin manbasi Zelenskiyning Tramp bilan uçraşuvini AQŞ prezidentining qölloviga erişiş va uruşni töxtatiş böyiça sa’y-harakatlarni faollaştiriş uçun urinişlaridagi «eng yaxşi imkoniyat» deb atadi.
Zelenskiyning asosiy vazifasi Trampni Kiyevni qöllab-quvvatlaş AQŞ manfaatlariga töğri kelişiga işontiriş edi, bu esa Amerika prezidentining muvaffaqiyat bilan boğliq böliş istagidan kelib çiqadi, deydi naşrning har ikki prezidentga yaqin manbalari. Zelenskiyning özi özaro suhbatlarida maslahatçilar darajasidagi köplab maxfiy aloqalar Trampning Ukraina kelajagi böyiça munosabatini özgartirişga yordam berganini ta’kidlagan.
«Uşbu muzokaralar ilgari tomonlar örtasidagi munosabatlarni belgilab bergan keskinlikdan keskin buriliş yasadi», – deya qayd etadi FT.
Uçraşuvning muhim natijalaridan biri Trampning maxsus elçilari Jared Kuşner va Stiv Uitkoffning tez orada Kiyevga taşrifi böyiça kelişuv böldi – ular şu paytgaça heç qaçon Ukrainaga kelmagandi. «RBK-Ukraina» ma’lumotlariga köra, uçraşuv yaqin haftalarda bölib ötişi mumkin. Naşrning vaziyatdan xabardor manbasi muzokaralar natijasini «öndan sakkiz»ga baholagan.













