Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida “Kelajak öyinlari” uçinçi xalqaro musobaqasining tantanali oçiliş marosimida iştirok etdi.

“Baris Arena” muz saroyida ötkazilgan tadbirda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va boşqa xorijiy mehmonlar ham qatnaşdi.

Marosim iştirokçilariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin videomurojaat yölladi.
Tadbirning tantanali qismida fijital sportning mazmun-mohiyati, ya’ni raqamli bellaşuvlarni an’anaviy sport turlari hamda jismoniy faollik bilan birlaştiruvçi yönalişlari haqida ma’lumot berildi. Musobaqaning ğoyasi yoşlarni an’anaviy sport bilan şuğullanişga da’vat etişdir.

Özbekiston rahbari xalqaro turnir iştirokçilarini qutladi.
Bugun sport va texnologiyalar vazirlari, diplomatik missiyalar rahbarlari hamda boşqa yuqori martabali vakillar iştirokida fijital sport böyiça sammit ham bölib ötdi.

Birinçi “Kelajak öyinlari” 2024 yilda Qozon şahrida ötkazilgan. Uning oçiliş marosimida Şavkat Mirziyoyev iştirok etgan edi. Ikkinçi turnir esa 2025 yilda Abu-Dabi şahrida bölib ötdi.
Bu galgi musobaqalarda Özbekiston vakillari fijital futbol, lazertag va raqs yönalişlari böyiça bellaşadi.














