Dnipropetrovsk viloyatining Nikopil tumanida Rossiya hujumlari natijasida ikki kişi halok bölgan, yana uç nafar fuqaro jarohat olgan. Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganjaning ma’lum qilişiça, sanoat korxonasi va avtomaşinalar şikastlangan. Şuningdek, Dnipro, Pavlograd va Sinelnikov tumanlarida oziq-ovqat sanoati korxonasi, qişloq kengaşi binosi, öquv muassasasi, xususiy uylar va dökonlarga zarar yetgan.

Zaporijjya viloyatida esa Rossiya droni fuqarolik avtomobiliga zarba berişi oqibatida bir kişi halok bölgan. Viloyat rahbari Ivan Fedorovning aytişiça, bir kun avval Rossiya qöşinlari viloyatning 45 ta aholi punktiga jami 842 ta zarba bergan bölib, natijada olti kişi jarohatlangan.

Donetsk viloyatidagi Kramatorsk şahri ham ommaviy hujumga uçradi. Rossiya aviatsiyasi şaharga törtta boşqariluvçi aviabomba taşlagan. Hujum oqibatida turar joy binolari, supermarket va ta’lim muassasasiga zarar yetgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, bir kişi halok bölgan, yana tört nafar inson jarohat olgan. Yonğinlar umumiy 685 kvadrat metr maydonni qamrab olgan bölib, keyinçalik bartaraf etilgan.

Odessa şahrida Rossiya raketa hujumi natijasida fuqarolik infratuzilmasi, korxona hududi, şifoxona va kollej binolari şikastlangan. Ikki kişi jarohat olgan bölib, ulardan birining ahvoli oğir deb baholanmoqda.

Vinnitsa viloyatining Gaysin şahrida Rossiyaning zarbali droni «Novaya poçta» kompaniyasi bölimiga urilişi oqibatida töqqiz kişi jarohatlangan. Hodisa joyida 750 kvadrat metrdan ortiq maydonda yonğin kelib çiqqan va qutqaruvçilar tomonidan öçirilgan.

Xarkiv viloyatida ham Rossiya dronlari şahar atrofidagi poçta terminaliga hujum qilgan. Natijada yuk avtomaşinasi yongan, jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Çernixiv viloyatining Maşevo qişloğiga «Gerbera» turidagi dronlar bilan hujum qilingan. Tört kişi jarohat olgan, ikki xususiy uy va xöjalik binosiga zarar yetgan.

Kiyev viloyatida dron hujumi oqibatida Brovari tumanida xususiy uy, ikki avtomaşina va korxonalardan biri binolari şikastlangan. Kiyev şahrida esa havo hujumidan mudofaa tizimlari işlagani ma’lum qilingan.

Sumi viloyatida Rossiya aviatsiyasi törtta boşqariluvçi aviabomba bilan sanoat hududiga zarba bergan. Bu yerda katta yonğinlar va jiddiy vayrongarçiliklar kuzatilgan, ammo dastlabki ma’lumotlarga köra, halok bölganlar va jabrlanganlar yöq.

Ukraina Havo kuçlari ma’lumotiga köra, Rossiya armiyasi bir keçada mamlakat hududiga 255 ta zarbali dron uçirgan. Ularning 195 tasi havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan urib tuşirilgan yoki radioelektron kuraş tizimlari orqali zararsizlantirilgan. Şu bilan birga, 22 ta dron 14 ta nuqtaga kelib urilgan, yana tört hududda dron parçalari qulagani qayd etilgan.