Rossiya qamoqxonalari va koloniyalaridagi mahbuslar huquqlarini himoya qiliş bilan şuğullanuvçi Gulagu.net loyihasi asosçisi Vladimir Oseçkin taşkilot faoliyatini nima sababdan muzlatişga qaror qilganini ma’lum qildi. U bu haqda Germaniyaning n-tv telekanaliga bergan intervyusida sözlab bergan.

Oseçkinning ta’kidlaşiça, inson huquqlari himoyaçilari, qiynoqlar, zöravonlik va uruşga qarşi kuraşayotgan faollar hozirda çuqur global inqirozni boşdan keçirmoqda.

«Biz - va biz bilan birga qiynoqlar, zöravonlik va uruşga qarşi çiqqan barça insonlar global inqiroz holatidamiz. Juda köp hamkasblarim jim. Bu sukut nafaqat bizning missiyamizga, balki butun dunyoga ham zarar yetkazmoqda», - dedi u.

Uning fikriça, bugungi kunda xalqaro huquq tizimi inqirozga yuz tutgan, inson huquqlari esa xalqaro siyosiy kun tartibida ikkinçi darajaga tuşib qolgan. Oseçkin ommaviy axborot vositalari köproq maşhur şaxslar va siyosiy şov-şuvlarga e’tibor qaratayotganini, odamlarning har kunlik ölimi esa odatiy holga aylanib qolganini ta’kidladi.

Huquq himoyaçisi Gulagu.net köp yillik faoliyati davomida birorta ham inson huquqlari sohasidagi xalqaro mukofotga sazovor bölmaganini aytdi. Uning fikriça, ayrim hollarda jamoatçilik köproq omma oldida çiroyli nutq sözlaydigan şaxslarga e’tibor qaratadi, amalda inson huquqlari buzilişini hujjatlaştiriş bilan şuğullanuvçilar esa yetarliça qöllab-quvvatlanmaydi.

Oseçkin öz hayoti haqida ham gapirib, 2007–2010 yillarda Rossiyada tergov izolyatorida saqlanganini esladi.

«Men qamoqdan soçsiz va tişlarimsiz çiqqanman», - dedi u.

Huquq himoyaçisining aytişiça, Fransiyaga köçib ötganiga qaramay, u hamon öz xavfsizligidan xavotirda. Oseçkinning ma’lum qilişiça, 2025 yil oktyabr oyida uni öldirişni rejalaştirgan tört nafar gumonlanuvçi qölga olingan. 2026 yil may oyida esa uning uyi yaqinida yana bir gumonlanuvçi uşlangan. Bu işlar yuzasidan Fransiyaning terrorizmga qarşi prokuraturasi tergov olib bormoqda.

Oseçkin oila a’zolarining bir qismi va loyiha jamoasi politsiya qöriqlovi ostida ekanini ham ma’lum qildi. Uning aytişiça, tahlilçilar uni marhum siyosatçi Aleksey Navalniydan keyin Rossiya maxsus xizmatlarining asosiy nişonlaridan biri deb hisoblamoqda. Bunga Gulagu.net tomonidan ehtimoliy harbiy jinoyatlar hujjatlaştirilgani va muhim guvohlarni xorijga olib çiqilgani sabab sifatida körsatilmoqda.

Oseçkin, şuningdek, Rossiyada kuzda yana bir safarbarlik tölqini boşlanişi ehtimoli yuqori deb hisoblaşini aytdi. Uning sözlariga köra, 2022 yildan buyon qabul qilingan qonunlar hokimiyatga fuqarolarning pasportlarini bekor qiliş, haydovçilik guvohnomalarini bloklaş, bank hisoblari va mol-mulkini musodara qiliş imkonini beradi.

Huquq himoyaçisi, şu bilan birga, AQŞga kiriş imkoniyatlari çeklangani, Yevropa davlatlari esa migratsiya siyosatini kuçaytirib, vizalarni oliş ham ança qiyinlaşganini ta’kidladi.

Vladimir Oseçkin 2015 yildan buyon Fransiyada yaşab keladi. Uning ta’kidlaşiça, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga Gulagu.net ma’lumotlar bazasiga kiriş imkonini berişdan boş tortganidan söng mamlakatni tark etişga majbur bölgan. Keyingi yillarda Rossiyada unga qarşi bir neçta jinoyat işlari qözğatilgan, 2025 yilda esa u Rossiya Qurolli kuçlari haqida «feyk» ma’lumot tarqatiş aybi bilan sirtdan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan.