Rossiya sönggi vaqtlarda raketa va dron hujumlarini millionlab ukrainaliklarni tovar bilan ta’minlaydigan logistika markazlari, omborlar va işlab çiqariş quvvatlariga qarata boşladi. 5-avgustga ötar keçasi Kiyev va Kiyev viloyatiga qilingan ommaviy zarbalar oqibatida kamida 14 ta yirik ukrain va xalqaro kompaniyaning logistika ob’yektlari, omborlari va işlab çiqariş binolari vayron böldi yoki yonğinlar yuz berdi.

Jabrlangan kompaniyalar orasida Ukrainaning eng yirik onlayn-riteyleri Rozetka, «Nova poşta», Fozzy Group («Silpo»), Novus, «Epitsentr», şuningdek Intertop, Puma, Liqui Moly Ukraine, Toyota Ukraine kabi brendlar bor. Xususan, Rozetkaʼning Brovarida joylaşgan, kuniga 100 mingdan ortiq buyurtmani qayta işlaş imkoniga ega taqsimlaş markazi butunlay yöq qilingan. «Nova poşta»ning Kiyevdagi saralaş markaziga berilgan zarba natijasida inson qurbonlari ham bölgan.

Yuz bergan voqealardan söng Ukraina hukumati biznes, savdo va logistika sohasi vakillari iştirokida favqulodda yiğiliş ötkazdi. Boş vazir Sergey Koretskiy zarar körgan kompaniyalarga kredit qöllab-quvvatlovi, bojxona yölaklarini kengaytiriş, harbiy xavflarni suğurtalaş mexanizmlarini joriy etiş hamda davlat ob’yektlaridan ombor sifatida foydalaniş imkoniyatlari taqdim etilişini ma’lum qildi.

Iqtisodçilarning ta’kidlaşiça, hozirça mamlakat böylab keng kölamli tovar tanqisligi kutilmayapti. Biroq ayrim hududlar va tovar guruhlari böyiça yetkazib berişda uzilişlar kuzatilişi, şuningdek, logistika xarajatlari oşişi sababli narxlar kötarilişi mumkin.

Ukrainaning Milliy manfaatlarni himoya qiliş tarmoği (ANTS) eksperti Ilya Nesxodovskiyning fikriça, bu hujumlar Rossiya tomonidan avvalgi strategiyaning davomi bölib, raketa zarbalari endi işlab çiqariş korxonalaridan köra logistika markazlariga köproq qaratilmoqda. Uning aytişiça, asosiy omborlar işdan çiqqani sababli yuklar boşqa markazlarga yönaltirilmoqda, bu esa taşiş masofasi va xarajatlarni oşirmoqda.

Ayrim kompaniyalar buning oqibatlarini allaqaçon his qila boşladi. Masalan, Puma öz omborini yöqotgani sababli ayrim mahsulotlar böyiça yaqin hafta va oylarda tanqislik yuzaga kelişi mumkinligidan ogohlantirdi.

Mutaxassislar ayrim eksportga yönaltirilgan korxonalar işlab çiqarişni Polşa va Yevropa Ittifoqining boşqa mamlakatlariga köçirişi mumkinligini ham istisno etmayapti. Bu borada «Epitsentr» kompaniyasi keramik plitka işlab çiqarişni xorijdagi zavodlariga köçirişini ma’lum qildi. Kompaniyaga köra, Ukrainadagi işlab çiqarişni töliq tiklaş uçun kamida bir yarim-ikki yil vaqt talab etiladi.

«Nova poşta» hammuassisi Vladimir Popereşnyuk esa iqtisodiyotni saqlab qoliş uçun davlat tomonidan xalqaro logistikani soddalaştiriş, qurilişga oid ruxsatnomalarni yengillaştiriş, zarar körgan korxonalar uçun soliq imtiyozlari beriş va frontga yaqin hududlarda erkin iqtisodiy zonalar taşkil etiş zarurligini bildirdi.

CASE Ukraina katta iqtisodçisi Vladimir Dubrovskiy esa davlat iştirokida harbiy xavflarni suğurtalaş tizimini joriy etişni eng maqbul yeçim deb hisoblaydi. Uning ta’kidlaşiça, davlat suğurta polislarining katta qismini moliyalaştirsa, biznes özini xavfsizroq his qiladi va yirik yöqotişlarni qoplaş imkoniyati paydo böladi.

Şu bilan birga, iqtisodçilarning fikriça, moliyaviy yordamning özi yetarli emas. Ular havo hujumlaridan samarali himoya tizimi yaratilmagunça va raketa hamda dronlar uçiriladigan nuqtalarga qarşi çoralar kuçaytirilmagunça biznes uçun xavf yuqori bölib qolişini ta’kidlamoqda.

Rozetka hammuassisi Vladislav Çeçetkin kompaniyaning töğridan töğri zarari «milliardlab grivna»ni taşkil etganini va bu 21 yillik faoliyati davomidagi eng katta yöqotiş ekanini ma’lum qildi. Uning fikriça, davlat xususiy havo mudofaasi tizimlarini yaratiş va ulardan foydalaniş tartibini soddalaştirişi biznesni saqlab qolişda muhim ahamiyat kasb etadi.